Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 283-moddasiga (Ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzilmaydigan hollar) quyidagi qöşimça va özgartiş kiritildi:
quyidagi mazmundagi beşinçi qism bilan töldirildi:
«Uşbu Kodeksning 193-moddasida (Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buziş - tah.) nazarda tutilgan deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlari buzilgan taqdirda, tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari devonlari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari kotibiyatlari ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzmasdan özining arizasida huquqbuzarning şaxsi, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati haqidagi ma'lumotlarni, şuningdek işni hal etiş uçun zarur bölgan boşqa ma'lumotlarni körsatgan holda sudga murojaat qiliş huquqiga ega»;
beşinçi qismi (Uşbu Kodeksning 197-1-moddasida (Advokatning professional faoliyatiga tösqinlik qiliş - tah.) nazarda tutilgan advokatning professional faoliyatiga tösqinlik qilingan taqdirda, advokat ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzmasdan öz arizasida huquqbuzarning şaxsi töğrisidagi ma'lumotlarni, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, vaqtni va bu huquqbuzarlikning mohiyatini, şuningdek işni hal etiş uçun zarur bölgan boşqa ma'lumotlarni körsatgan holda sudga murojaat qiliş huquqiga ega) oltinçi qism deb hisoblanadi.

















