Xorazm viloyatida yaşovçi bir guruh fuqarolar brakonerlik qilgani uçun qonun oldida javob berdilar.
Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan şu yilning yanvar oyida ötkazilgan reyd tadbirlari natijasida Gurlan tumanida yaşovçi fuqarolar F.Yeldiboyev, Ğ.Yuldaşev, T.Bazarbayev va M.Nurmonov baliq tutiş uçun möljallangan suzma tör bilan Amudaryoning Gurlan va Yangibozor tumani hududida Özbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan Amudaryo katta kurakburini (qilquyruq) va Orol möylabdori (söğyon, sözan) baliqlarini noqonuniy ovlagani aniqlangan.

Jinoyat işlari böyiça Gurlan tumani sudining şu yilning iyul oyidagi hukmiga asosan F.Yeldiboyev, M.Nurmonov, T.Bazarbayev, B.Yuldaşev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 2-qismi «a,v» bandi bilan 1 yilu 6 oy ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlanib, sodir qilgan jinoyati natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uçun davlat foydasiga 6,1 million söm undirilişi belgilandi.

Şuningdek, Hazorasp tumanida yaşovçi fuqaro A.Tajiyev «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonun va «Ov qiliş va baliq ovlaş» qoidalari talablarini buzgan holda, taqiqlangan muddatda va taqiqlangan usulda, elektr qarmoği bilan «Toşsoqa» kanalining muhofaza qilinadigan hududida, «Qizil kitob»ga kirtilgan Orol möylabdori, oq amur, tovonbaliq va leşç baliqlarini noqonuniy ovlagani aniqlangan.

Jinoyat işlari böyiça Hazorasp tumani sudining avgust oyidagi hukmiga asosan A.Tajiyevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan 3 yil ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlanib, sodir qilgan jinoyati natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uçun davlat foydasiga 42,7 million söm undirilişi belgilandi.
Kun.uz muxbiri Nurmuhammad Said
















