«Özbekiston Respublikasida davlat-xususiy şeriklik asosida fotoelektr stansiyasi qurilişiga Fransiyaning Total Eren kompaniyasi 150 mln yevrogaça investitsiya kiritmoqda», deb xabar berdi Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Xabar qilinişiça, 13 sentabr kuni Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov va Total Eren kompaniyasi ijroçi vitse-prezidenti Faben Demol Samarqand viloyatida 100 MVtli fotoelektr stansiyasini quriş böyiça investitsiya kelişuvini imzoladi. 

«Bu Özbekistonda alternativ energiya sohasidagi bunday miqyosdagi birinçi tijoriy loyihadir», deyiladi xabarda.

Total Eren elektr stansiyasini loyihalaştiriş, moliyalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş kabi barça bosqiçlarini amalga oşiradi. Quriliş işlari 2020 yilning birinçi çoragida boşlanişi va 2021 yilning birinçi çoragida esa stansiya foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidentining 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga rasmiy taşrifi çoğida Özbekiston Hukumati va Total Eren örtasidagi hamkorlik memorandumi imzolangandi.

Total Eren - qayta tiklanadigan energiya sohasida dunyodagi yetakçi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari portfeliga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasini işlab çiqariş uçun örnatilgan 2400 MVt dan ortiq quvvat, şuningdek dunyoning turli burçaklarida 2000 MVt dan ortiq quvvatni işga tuşiriş böyiça loyihalar kiradi.