15 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida ötkazilayotgan boks böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasining yana bir vakili muvaffaqiyatli yurişini davom ettirdi.
-81 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Dilşodbek Rözmetov jahon çempionatidagi ikkinçi jangini kongolik Pita Kabeji Peterga qarşi ötkazdi va 5:0 hisobida ğalaba qozonib, 1/8 finalga yöl oldi.


Dilşod Rözmetov turnirdagi iştirokini saralaş bosqiçida boşlagan, ilk jangda u möğulistonlik Narmandax Şinebayarni yaqqol ustunlik bilan mağlub etgandi.
15 sentabr kungi janglar doirasida özbekistonlik Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham ringga çiqqan, u braziliyalik Duglas de Andradeni mağlubiyatga uçratib, nimçorak final bosqiçiga ötgandi.
Bugungi dasturda Özbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili Sanjar Tursunov (-91 kg) ham turnirdagi iştirokini boşlaydi. U braziliyalik Abner Teyşeyra bilan jang nimçorak final yöllanmasi uçun jang qiladi.
Turnir 21 sentyabrga qadar davom etadi. Turnirda jahonning 91 mamlakatidan jami 488 nafar sportçi iştirok etmoqda.
















