Bugun Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşida navbatdagi videomuloqot ötkazildi. 

Markaziy Kengaş axborot xizmati xabariga köra, yiğilişda mutaxassislar iste'mol savatida minimal oziq-ovqat savati muhim örin tutişini alohida ta'kidlaşdi. Minimal iste'mol savatini belgilaş bilan boğliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Foto: XDP axborot xizmati
Foto: XDP axborot xizmati

Qayd etildiki, aholining munosib hayot keçirişi “yaşaş minimumi” va “iste'mol savatçasi” asosida daromadlarni aniqlaş yöli bilan ta'minlanadi. Xalqaro tajribada “yaşaş minimumi” - odam organizmi normal faoliyat körsatişini ta'minlaş va uning salomatligini saqlaş uçun yetarli bölgan oziq-ovqat mahsulotlari töplamining, şuningdek, şaxsning asosiy ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini qondiriş uçun zarur bölgan nooziq-ovqat tovarlari minimal töplamining qiymat miqdori hisoblanadi. “Iste'mol savatçasi” esa odam yoki oilaning oylik (yillik) ehtiyojining odatiy darajasi va tuzilmasini tavsiflovçi tovarlarning hisoblanadigan namunaviy töplamidir.

“Iste'mol savatçasi”ni joriy qiliş bugungi kunda aholi turmuş farovonligini oşiriş, mamlakatimizda mehnatga haq tölaşning minimal çegaralarini belgilaşda eng dolzarb masala hisoblanadi.

Aholining minimal ijtimoiy standartlarini oşirib boriş, eng kam miqdordagi ijtimoiy standartlarni işlab çiqiş, yaşaş uçun kerak bölgan mablağning eng kam miqdorini aniqlaş tizimini joriy etiş masalalari katta ahamiyatga ega.

“Iste'mol savati”ni belgilaşda issiq yoki sovuq tabiiy-iqlim şaroiti, aholining asosiy ijtimoiy-demografik guruhlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlar iste'mol qilinişidagi milliy an'analar, mahalliy xususiyatlarni hisobga oliş muhimligi ta'kidlandi.

Şuning uçun Xalq demokratik partiyasi inson salomatligini saqlaş, uning hayotiy faoliyatini ta'minlaş uçun zarur bölgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar va xizmatlarning namunaviy minimal turlari röyxatini işlab çiqiş böyiça takliflarni örganmoqda, deyiladi XDP xabarida.