Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish qaysi viloyatlarda yuqori ekani ma'lum bo‘ldi
Dastlabki ma'lumotlar bo‘yicha, 2019 yilning yanvar-avgust oylarida respublika korxonalari tomonidan 204,1 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,8 %ni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2018 yilning mos davriga nisbatan mehnat unumdorligi 5,8 foizga, sanoatda band bo‘lgan bir kishiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 113097,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 2,3 %ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat - 8,4 %ga, elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash - 2,2 %ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish – 3,8 %ga o‘sishi hisoblanadi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2019 yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi 26,7 trln. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 13,1 %ni tashkil etdi.
2019 yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 163,3 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 80,0 %ni tashkil etdi.
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 12,7 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,2 %ni) tashkil etdi.
Suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1,5 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7 %ni) tashkil etdi.
Tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida iste'mol tovarlar ishlab chiqarish hajmi 69,1 trln. so‘mni tashkil etdi va 2018 yilning mos davriga nisbatan 16,8 %ga o‘sishni ta'minladi, jami sanoatdagi ulushi esa 33,9 %ni tashkil etdi.
Hisobot davrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 61,3 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisobot davrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 30,0 %ni tashkil etdi.
Andijon (2018 yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 119,8 %), Xorazm (111,5 %), Toshkent (108,7 %), Namangan (109,5 %), Samarqand (110,0 %), Buxoro (106,3 %) va Farg‘ona (105,6 %) viloyatlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlari sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga, Andijon (2018 yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 140,5 %), Xorazm (125,8 %), Namangan (112,7 %), Sirdaryo (109,1 %), Buxoro (108,7 %), Farg‘ona (108,2 %), Surxondaryo (105,1 %) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (107,4 %) iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish sezilarli darajada oshdi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanish tahlili Navoiy viloyatida (27664,1 ming so‘m), Toshkent shahrida (13430,2 ming so‘m), Toshkent (11731,0 ming so‘m) va Andijon (6934,5 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasi ko‘rsatkichidan (6113,9 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Respublika bo‘yicha aholi jon boshiga iste'mol tovarlari ishlab chiqarilishi 2070,5 ming so‘m bo‘lgani holda Toshkent shahrida - 6000,4 ming so‘mni, Andijon viloyatida - 5463,0 ming so‘mni, Toshkent viloyatida - 2142,5 ming so‘mni tashkil etdi.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 68,8 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Kichik biznesning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 33,7 %ni tashkil etdi.
Bugungi kunda respublikada 67,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 14,6 mingtasi (faoliyat yuritayotgan korxonalar umumiy sonining 21,6 %) Toshkent shahriga, 7,4 mingtasi (11,0 %) Farg‘ona viloyatiga va 7,1 mingtasi (10,5 %) Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston va Finlandiya sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlaydi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024