Fanat Qahramonov (-75 kg) chorak final yo‘llanmasi uchun braziliyalik Ebert Konsesaoga qarshi kechgan jangda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentabr kuni -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov amerikalik Devis Keyshovnga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.

Bugun kunduzgi dasturda Bobousmon Baturov (-69 kg) argentinalik raqibini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqqandi.