Heç kimi yöq, közlari xira köradigan yoş yigitning Toşkent viloyati va poytaxtimiz hududida 10 yildan beri ota-onasiz, uy-joysiz qanday kun keçirib yurganini tasavvur eta olasizmi? Köpçilik işonmasligi mumkin, lekin şunday sabr-bardoşli, irodali yigit bor.

U yillar davomida muqim işsiz, panohsiz sarson-sargardonlik azoblaridan kuç orttirib, bir kun hammasi ortda qolişiga işonib, qonuniy haq-huquqi uçun idorama-idora yugurib yuribdi. Menga ham yordam sörab murojaat qildi.

«Qayerga borsam, quvib solişadi, axir men daydi it emasman», deydi u alam bilan.

Anton Ivuşkin, unga rasmiylaştirilgan hujjatlarga köra, 1992 yil Yangiyöl şahrida tuğilgan. 1997 yilda Yangiyöl şahar hokimining qaroriga köra şu hududdagi Mehribonlik uyiga joylaştirilgan, 1998-2004 yillarda Angren şahridagi Mehribonlik uyida tarbiyalangan, köriş qobiliyati yomonlaşgaç Olmaliq şahridagi maxsus maktab-internatiga ötkazilgan, 2007 yilda Olmaliq şahridagi kollejda, 2008 yilda Böstonliq tumanidagi kollejda öqib, u yerni 2010 yilda tamomlagan.

Anton şundan beri hokimiyatlardan turar joy söraş, mutasaddi taşkilotlarga murojaat yöllaş bilan ovora. Yangiyöl va Olmaliq şahar hokimlari yillar mobaynida bir masalaga aniqlik kirita olmayotgan ekan: Antonga kim uy berişi kerak?..

Qonunda, me’yoriy hujjatlarda nima deyilgan?

«Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 26-moddasiga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar özlari ilgari yaşagan turar joy maydoniga ega böliş yoki qonun hujjatlariga muvofiq turar joy oliş huquqiga ega.

Turar joy beriş kim tomonidan qanday amalga oşiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 avgustdagi 164-son Qarori bilan tasdiqlangan «Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlaş tartibi» töğrisidagi  nizomning törtinçi bobida turar joylar beriş tartibi aniq körsatib qöyilgan.

Unga köra, turar joyga muhtojlar sifatida hisobga qöyilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga turar joylar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining qarorlari asosida navbatdan taşqari berilişi zarur.