Jalgasbay Berdimuratov bronza oldi, Elmurat Tasmuratov medalsiz qoldi
Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili medal oldi.
-77 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Jalgasbay Berdimuratov bronza medali uchun musobaqa mezbonlaridan biri Asxat Dilmuhammedovga qarshi bahs olib bordi.
Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston terma jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Elmurat Tasmuratov esa eronlik Ali Rizo Nejatiyga 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekiston ayollar jamoasining bugungi bahslarda qatnashgan uch nafar vakili ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Dauletbike Yaxshimuratova (-50 kg) saralash bosqichida moldovalik Emiliya Budeanuni mag‘lub etdi (9:6), ammo keyingi bosqichda ukrainalik Oksana Lavachga yutqazdi.
Aktenge Keunimjayeva (-53 kg) ilk bosqichda kubalik raqibiga, Sevara Eshmuratova (-55 kg) esa germaniyalik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Bu sportchilarni yenggan raqiblar ham finalgacha yetib bora olmadi va O‘zbekiston vakillarida bronza medal uchun kurashish imkoniyati yuzaga kelmadi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Nur-Sultondagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashchilardan ikki nafari medal olgandi, -72 kilogramm vazn toifasidagi Aram Vardanyan kumush, -87 kilogramm vazn toifasidagi Rustam Assakalov bronza medal bilan taqdirlangan.
Bundan avvalroq, Berdimuratov va Tasmuratov Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:37 / 18.09.2022
Endi Nur-Sulton emas. Qozog‘iston poytaxti nomi 30 yilda to‘rtinchi bor o‘zgarmoqda
16:27 / 13.09.2022
To‘qayev Nur-Sulton nomini Ostonaga qaytarishga rozilik berdi
16:49 / 13.05.2022
Nur-Sultonda 8-qavatdan osilib qolgan qizcha qutqarildi. Xaloskorga uy sovg‘a qilindi
16:52 / 08.02.2022