Bugun, 17 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg şahrida boks böyiça jahon çempionatining töqqizinçi kun bellaşuvlari bölib ötmoqda.

Bugungi kun dasturida Özbekiston vakillaridan birinçi bölib Şahobiddin Zoirov (-52 kg) çorak final yöllanmasi uçun ringga kötarildi.

Qirğizistonlik Azat Usenaliyevga qarşi bahs olib borgan Rio Olimpiadasi çempioni jangda öz ustunligini namoyiş etib (5:0), keyingi bosqiç yöllanmasini qölga kiritdi.

U endi bolgariyalik Daniel Panev Asenovga qarşi final yöllanmasi uçun jang qiladi.

Kun davomida Özbekiston boks terma jamoasining yana 5 nafar vakili çorak final yöllanmasi uçun ringga çiqadi.

-91 kg: Sanjar Tursunov – Sanjit Sanjit (Hindiston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Muhammad Hamout (Marokaş)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Delante Jonson (AQŞ)
-81 kg: Dilşod Rözmetov – Andre Paul Aradoay (Ruminiya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Tsotne Rogava (Ukraina).

Janglarni tomoşa qiliş uçun link:

Ring B: Sanjar Tursunov - Sanjit, 17:40dan söng, Mirazizbek Mirzaxalilov - Muhammad Hamut, 19:25 dan söng, Bobousmon Baturov - Delante Jonson, 19:55dan söng,  Dilşodbek Rözmetov - Andrei Aradoay, 21:20 dan söng, Bahodir Jalolov - Tsonte Rogava, 22:30dan söng.