Ayni kunlarda oliy ta'lim muassasasiga öqişga kira olmaganlardan oşirilgan kontrakt (super-kontrakt) asosida öqişga qabul qiliniş uçun OTM rektorlari nomiga arizalar qabul qilinmoqda. Belgilangan tartibga köra, abituriyentlar oşirilgan kontrakt asosida qöşimça qabulga kiriş uçun test natijalari e'lon qilingan sanadan boşlab 1 oy içida ariza berişlari kerak. Şu bois, öqişga kiriş istagida bölganlarda oşirilgan kontrakt tartibi böyiça köplab savollar tuğilmoqda.

Oşirilgan kontrakt asosida OTMlarga qöşimça qabulning joriy öquv yili uçun tartibi, tölov summalari hali rasman ma'lum qilinganiça yöq. Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati ma'lumotlariga köra, qöşimça qabulning 2019 ─ 2020 öquv yili uçun tartibi 15 oktabr sanasiga qadar ma'lum qilinadi. («Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida»gi Nizomga asosan qöşimça qabulni amalga oşiriş takliflari OTMlar tomonidan vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritilişi kerak. Qöşimça qabul böyiça qaror 20 oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi).

Hozirça oşirilgan kontrakt borasida quyidagilar ma'lum:

Oşirilgan kontrakt tölovini ikkiga bölib amalga oşiriş mumkin. Ilgari super-kontrakt uçun belgilangan summaning hammasini bir martada tölaş talab etilar edi. Joriy öquv yilidan boşlab oşirilgan kontrakt summasini ikkiga bölib tölaş imkoni beriladi.

Super-kontrakt uçun ham ta'lim krediti ajratiladi. Talabalarga kontrakt tölovini tölaşda qulaylik yaratiş uçun beriladigan ta'lim krediti oşirilgan kontrakt asosida öqiydiganlar uçun ham tatbiq etilişi kutilmoqda. Bu haqida Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Sarvar Buzrukxonov tölov-şartnoma asosida öqişning yangi tartibiga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lum qilgan edi.

Stipendiyasiz tölov oşirilgan kontrakt uçun ham amal qiladi. 2019 yil sentabr oyidan boşlab kuçga kirgan stipendiyasiz tölov (bunda kontraktning umumiy summasidan oylik 400 ming sömlik stipendiyaning bir yillik summasi çegirib qolinadi) şakli oşirilgan kontrakt asosida öqişga qabul qilinganlar uçun ham amal qiladi. Oşirilgan kontrakt uçun stipendiyasiz kontrakt miqdori ─