Etnik özbeklarga Qozoğiston janubidan şimoliga köçib ötiş taklif qilinmoqda, deya xabar berdi Nur.kz Nur Otan partiyasining Turkiston viloyati bölimi xabarnomasiga tayangan holda.
Partiyaning Turkiston viloyati bölimi raisining birinçi örinbosari Beysen Tojibayev boşçiligidagi tarğibot guruhi Qorabuloq qişloği aholisi bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida u özbek diasporasini «Yeңbek» dasturining afzalliklaridan foydalangan holda, unda faol iştirok etişga çaqirdi.

«Qorabuloq - mamlakatdagi aholi eng ziç joylaşgan qişloq. Ovulda 60 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ammo bu yil faqat bir oila bu yerdan şimolga köçib ötdi. Loyihada köçib ötganlarga ekinlar yetiştiriş, çorvaçilik uçun yer ajratilişi közda tutilgan. Bizning mintaqada 400 mingdan ortiq mehnatsevar özbeklar istiqomat qiladi, agar ular davlat dasturida faol iştirok etsa, aholi iş va uy-joy bilan ta'minlanadi. Şimoliy mintaqalar gullab-yaşnaydi. Köp muammolarni hal qiliş mumkin böladi», - deya işonç bildirgan Tojiboyev.
Matbuot uçun xabarnomada aytilişiça, katta strategik ahamiyatga ega bölgan bunday uçraşuv özbek etnik guruhi vakillari örtasida ilk bor ötkazildi. Natijada, 52 oila şimoliy hududlarga köçib ötiş istagini bildirdi.
Partiya viloyat bölimi rahbarining birinçi örinbosari mas'ul şaxslarga umumiy aholisi 210 ming kişidan iborat bölgan Sayram tumanining har bir ovulida keng tarğibot işlari olib borişni buyurdi, deyiladi xabarda.

















