Iqtisodçilar karantin çoralarini Ramazon oyida yumşatişni taklif qilmoqda
|04:18 / 19.04.202050 84113 min
Kun.uz pandemiya davridan kutilayotgan iqtisodiy inqirozlar va hozirgi ijtimoiy vaziyat böyiça suhbatlarni davom ettirib, turkum intervyular taşkil etmoqda.
Bu galgi suhbatdoşlar – London Iqtisodiyot universiteti magistranti Xurşid Zafariy va Helsinki universiteti doktoranti Mirzohid Qarşiyev karantin çoralarini yumşatiş, aholiga moddiy yordam beriş va faol iqtisodiy hayotga qaytiş haqida mulohazalarini bildirişdi.
Xurşid aka, ayni paytda Londonda vaziyat qanday? Pandemiya davrida odamlar kayfiyati qanaqa?
– Londonda ham köplab davlatlardagi kabi karantin bilan boğliq qat'iy çeklov çoralari joriy etilgan, xususan, aksar korxonalar faoliyati töxtatilgan, aholining köçaga zaruratsiz çiqişi çeklangan.
Biroq Londonda karantin vaziyatida ham ayrim yengilliklar amal qilmoqda. Masalan, aholi bir kunda bir marta jismoniy maşq qiliş, velosipedda sayr qiliş yoki uy hayvonlarini sayr qildiriş uçun köçaga çiqişi mumkin.
Şaharda xiyobonlar ham yopilmagan. Ularga ijtimoiy masofa saqlagan holda taşrif buyuriş mumkin. Lekin insonlar hamma joyda deyarli bir xil. Londonda ham karantin qoidalariga rioya etmaslik holatlari bor. Şuning uçun ham politsiya xizmati köçalarda, davlat hokimiyati rahbarlari, masalan, Buyuk Britaniya boş vaziri özining OAVdagi çiqişlarida aholini imkon qadar uyda ötirişga undamoqda.
Ayni paytda Toşkentda bölib turgan Helsinki universiteti doktoranti – Mirzohid aka, siz pandemiya şaroitida Toşkentdagi karantin vaziyatini qanday baholaysiz?
– Men Özbekistonga mart oyining boşida kelgandim. Şuning uçun Finlandiya va Özbekistondagi vaziyatni soliştirişga muvaffaq böldim.
Finlandiyada koronavirusning ilk holatlari yanvar oyi oxiri, fevral oyi boşlarida aniqlangan edi. Özbekistonda esa koronavirus qayd etilişi martning örtalarida sodir böldi. Öşa kuni men Toşkentda edim.
Bu yerda ilk bemor aniqlangandan söng ijtimoiy masofalanişga oid çora-tadbirlar boşlanib ketdi: birdaniga ta'lim muassasalari yopildi. Finlandiyada esa ilk zararlaniş holatidan to qat'iy çeklovlar örnatilgunça kamida bir-bir yarim oy vaqt ötdi.
Finlandiyada boşida, asosan, xavotir qilmaslikka va gigiyenaga amal qilişga çaqiruvçi kayfiyat hukmron edi. Hatto hozir ham Finlandiyada karantin çeklovlari Özbekistondagiga qaraganda yengilroq.
Mavzuga oid
Masalan, maşinada harakatlaniş yoki köçaga çiqiş borasida Özbekistondagidek çeklovlar yöq. Umuman olganda, bu farq davlatlarning öziga xos bölgan xususiyatlariga ham boğliq bölişi mumkin.
Helsinki va Toşkentni taqqoslasak ham, bu narsa aniqroq körinadi. Masalan, Helsinkida uylar nisbatan tarqoq joylaşgan. U yerda bizdagi kabi qöşniçilik munosabatlari ham yöq.
Bundan taşqari, finlar nisbatan qonunlarga itoatkor xalq bölgani uçun ham davlat ularni turli sanksiyalar orqali çeklamayapti. Köpçilik özi tuşungan holda uylarida ötiribdi.
Xurşid aka, sizning fikringizça, Özbekiston şaroitida karantin qançagaça çözilişi mumkin yoki uni yumşatiş payti keldimi?
– Hozir köplab iqtisodiy naşrlar ham, özbek iqtisodçilari ham tahlillarida köproq AQŞ yoki Buyuk Britaniya iqtisodçilari tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarga urğu berişmoqda. AQŞning Çikago universitetida tayyorlangan hisobot mamlakatning yetakçi olimlari tomonidan imzolangan va qöllab-quvvtlangan. Buyuk Britaniyada esa CEBR (Centre for Economics and Business Research - «Iqtisodiy va biznes tadqiqotlari markazi») tomonidan tayyorlangan hisobot ham davlat iqtisodçilari tomonidan ma'qullangan. Biroq yuqoridagi har ikki davlat hisobotlari ham aynan ularning özlari uçun möljallangan. Bu mamlakatlarda aholiga iqtisodiy yordam beriş uçun yetarliça mablağ va resurslar mavjud.
Bundan taşqari, qöşimça resurs jalb qiliş imkoni bor. Lekin Özbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar va hatto iqtisodi bizdan barqaror mamlakatlar uçun hozirgi kunda iqtisodiy zarar köriş ehtimoli yuqorilab ketdi.
Ayni vaziyatda hukumatlar aholini saqlab qolişi kerakmi yoki iqtisodiyotnimi, degan muhokamalar ham bormoqda. Bu kabi debatlarda qarama-qarşi fikrlar bölsa-da, aslida, bu ikki tuşunça bir xil. Boisi, har qanaqa iqtisodiy tuşkunlik ortida ham inson hayoti bor. Şuning uçun ikkalasini bir maromda olib boriş zarur.
Masalan, Avstriyada yaqinda karantin çoralari yengillaştirildi. Ispaniyada va Italiyada ham şunday qilindi. Germaniyada esa karantinni yumşatiş çoralari körilmoqda.
Skandinaviya davlatlaridagi holatni misol qilsak, Şvetsiyada umuman karantin e'lon qilinmagan, u yerda, asosan, tavsiyaviy usullardan foydalanilmoqda. Daniya va Norvegiyada, dastlab, karantin çoralari körilgan bölsa, hozir ular yumşatilmoqda.
Kuni keça Norvegiya tadqiqot markazi tayyorlagan hisobotda qat'iy karantin çeklovlari joriy qilişdan köra, uning talablarini nisbatan yumşatiş foydaliroq ekanligi aytilmoqda («Lock down» emas, «Slow down» usuli).
Turkiya va Janubiy Koreya esa iqtisodiy jihatdan Yevropa davlatlariga qaraganda Özbekistonga nisbatan yaqinroq.
Turkiya karantin çoralari doirasida faqat 2 kunga yopildi. Ya'ni ularda iqtisodiyot butunlay töxtab qolgani yöq. Çunki davlat iqtisodiyoti karantinsiz ham juda yaxşi ahvolda emasligini inobatga olib, karantin çeklovlarini joriy qiliş orqali kattaroq zarba olib tavakkal qilmoqçi emas.
Özbekistonda karantin joriy etilganiga 1 oyga yaqinlaşdi. Hozir davlatda karantinni yumşatiş uçun ma'lum signallar bor: hukumat tomonidan quriliş sohasida qat'iy talablarga rioya etgan holda işni davom ettirişiga ruxsat berildi. Qişloq xöjaligini esa töxtatib turib bölmaydi. Bulardan taşqari, Özbekistonda boşqa sohalar ham «uyğonişga» - faoliyatini davom ettirişga tayyormi?
– Virus paydo bölgan kundan boşlab to hozirga qadar ötgan bir oy içida soğliqni saqlaş tizimi öz salohiyatini oşirişga imkon böldi. Bu orada sekinlaştiriş siyosati bilan vaqtdan yutildi.
Va 14 aprel kuni davlat rahbari tomonidan ötkazilgan videoselektorda yirik quriliş va sanoat işlab çiqariş korxonalariga iş boşlaşga ruxsat berildi.
Öylaşimça, yaqin orada şu sohalardagi yirik bölmagan tadbirkorlarga va işlab çiqaruvçilarga ham faoliyatni davom ettiriş uçun ruxsat bersa böladi.
Şuningdek, «avval, u soha, keyin bu ...» yönalişida iş borsa, balki bu 2 sohadan keyin ularga xizmat körsatuvçi sohalar ham oçilişi kerakdir.
Masalan, quriliş materiallarini işlab çiqariş, quriliş materiallarini taşiş, quriliş materiallari savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalar oçilişi kerakdir, ehtimol. Şuning bilan birgalikda, quriliş mollarini import qiladigan korxonalar ham bor, ular işlab çiqaruvçilar emas, biroq faoliyatni davom ettirişda muhim ahamiyatga ega bölişi mumkin.
Xuddi şu narsa sanoat işlab çiqariş tizimida ham bor. Ayrim import qiluvçilar faoliyatisiz iş jarayoni tekis keçmasligi mumkin. Ya'ni ular orqali işlab çiqariş jarayonida zarur bölgan ehtiyot ismlari va boşqa kerakli narsalar keltiriladi.
Şuning uçun bu işlar qanaqadir reja asosida bölişi kerak. Masalan, virus tarqaliş tezligi qança bölsa, biz soliştirma tarzda iqtisodiyotni qança yengillaştirişimiz mumkin?
Bu juda egiluvçan siyosat bölişi kerak. Misol uçun Avstriya va Germaniyada iqtisodiyot sinov tarzida oçilyapti, lekin kasallikdan zararlaniş holatlari köpaysa, yana yopiladi. Keyin yana qayta oçilişi va yopilişi mumkin. Şu tariqa virus ta'sirida iqtisodiyotning ahvoli örganiladi.
Biz virusning yaşovçanligini örganişimiz zarur. Uning issiq havo ta'sirida yöq bölib ketişi haqiqatdan uzoq bölsa, vaksina yaratilişini kutiş ham ança vaqt oladi.
Şuning uçun biz virus bilan yaşaşga, uning tarqalişi şaroitida hayot keçirişga örganişimiz kerak. Şuning uçun ham iqtisodni sekinlik bilan oçiş töğri yöl deb öylayman.
Mirzohid Qarşiyev:
Özbekistonda hozir iqtisodiy tarafdan katta bosim bor: çunki, birinçi tarafdan, aholining yiğib qöygan jamğarmalari tugayapti, işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohasida körsatkiçlar tuşgan.
Ikkinçi tarafdan, virusning aholi orasiga qançalik tarqagani töğrisida töliq ma'lumotlar hali yöq.
Tuşunişimça, bir kunda 10 mingtagaça odamni test qiliş imkoni bor, biroq karantinda 80 mingdan ortiq odam ötiribdi.
Umuman olganda, hozir köpgina davlatlardagi kabi hamma yerni yopib va çeklovlar bilan uzoqqa borib bölmaydi. Çunki bu holatning qança davom etişi ham hali noma'lum.
Bu holatda soğliqni saqlaş tizimi vaziyatni boşqara oladigan darajada iqtisodiy faollikka yöl oçib berişi mumkin. Bu yuqori darajada uyğunlikni talab etadi. Ham şifokorlar, ham iqtisod sektori uyğunligi va modellaştiriş zarur böladi.
Xurşid Zafariy:
Özbekistonda iqtisodni oçiş uçun tajriba ötkazişga eng yaxşi muddat – Ramazon oyi bölişi mumkin. Çunki bu davrda odamlar özlarini özlari izolyatsiyalaşga moyil, ortiqça töy yoki boşqa köngiloçar holatlardan yiroq bölişadi.
Bu muddatda qaysidir sohalarning faoliyatini davom ettirişga qöyib beriş orqali (bunda, albatta, virusdan zararlaniş holati köpayişi ehtimoli katta) virusni nazorat qiliş imkoni bor yoki yöqligi örganiladi.
Garçi umumiy ovqatlaniş joylari eng oxiri bölib oçilişi kutilayotgan bölsa-da, lekin Ramazon oyida tuşlik mahali ularga taşrif buyuruvçilar soni kam bölişini hisobga olib, ovqatlaniş obektlarini ijtimoiy masofalaniş qoidalariga rioya qilgan holda oçiş va keyin buni yil oxirigaça saqlab qoliş mumkin.
Kun.uz sayti orqali ijtimoiy tarmoqlarda sörovnoma ötkazildi. Sörovnomada qatnaşganlarning uçdan biri jamğarmaga ega emasligini, köp qismi esa 1 hafta yoki 10 kunga yetadigan daromadi borligini ma'lum qildi. Bu vaziyatga boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov ham fikr bildirib, aholiga moddiy yordam beriş uçun samarali yöllardan biri tanlanişini ma'lum qilgandi. Mirzohid aka, bu borada sizning fikringiz qanaqa?
Bu yerda aniqlaştirib olinişi kerak bölgan jihatlar bor. Masalan, moddiy yordam nima uçun berilişi kerak? Yöqotilgan daromadlarni qoplab beriş maqsadidami yoki daromadi umuman yöq odamlarning ehtiyojlarini qoplab turiş maqsadidami?
Şularni inobatga olgan holda, biror variant tanlanişi mumkin. Bundan taşqari, yana bir savol borki, unga hukumatning özi ham aniq javob bera olmaydi. Hukumat qança paytgaça bu tarzda aholini qöllaşi mumkin? Bir oylik muddat belgilansayu, lekin bu muddatda biror özgariş bölmasa, vaksina ixtiro qilinmasa yoki boşqa biron çiqiş yöli körinmasa, unda nima böladi?
Şuning uçun hukumat bularni hisobga olib, aholini qöllab-quvvatlaşi zarur. Çunki bizda aksar odamlar kam oylik tölanadigan yoki norasmiy tarzda mehnat faoliyati bilan şuğullanadi. Karantin ularga yomon ta'sir qilgan bölişi aniq.
Köpçilikning mana şunday norasmiy tarzda mehnat faoliyatini yuritişi aholiga manzilli yordam berişni ham qiyinlaştiradi. Çunki bunday odamlarning daromadlari ham hukumatga ma'lum emas.
Şuning uçun aholi vaziyatini örganiş mahalla böğinining gardaniga tuşişi mumkin. Lekin bu ham jarayonni sekinlaştirib yuboradi. Çunki mahalla yiğgan ma'lumotni kimdir tahlil qilişi kerak böladi. Bular vaqt va resurs talab qiladi.
Hozir qanaqadir daromadi bor aholini röyxatdan çiqarib taşlagan holda qolgan barçaga moddiy yordam tarzida pul taklif qilişi yaxşi usul, menimça. Daromadlilar röyxatini Soliq qömitasidan ham oliş mumkin.
Barçaga pul taklif qiliş tartibida daromadi yetarli böladigan fuqaro öz xohişi bilan uluşini olmasligi mumkin bölişi ham kerak. Çunki hali inqiroz qançaga çözilişini heç kim bilmaydi. Buni aholining özi ham töğri tuşunişi kerak.
Xurşid Zafariy:
Aholiga pul berilgani bilan karantin çeklovlari tadbirlari tufayli aksarida oziq-ovqat sotib olişda muammolar bölişi mumkin.
Şuning uçun moddiy yordamni karantin çeklovlari yumşatiliş davriga töğrilaş samaraliroq. Çunki öşa paytda yonida mablaği kam qolgan şaxsning özini tutib olişi uçun samaraliroq böladi, bu iqtisodiyotga ham foydaliroq.
Mirzohid Qarşiyev:
Boşqa rivojlangan davlatlar bilan soliştirganda Özbekistonda köp sonli aholiga pul tarqatilişi pul qadrsizlanişiga ham sabab bölişi mumkin. şuning uçun yaxşilab öylab köriş va odamlarga yordam beradigan tarzda işlarni taşkil qiliş zarur.
Agar, masalan, Markaziy bank orqali pul çiqariş va uni tarqatiş yölga qöyilsa, pul qadrsizlanişiga va işlayotgan odamlarning daromadi pasayişiga sabab bölişi mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi