2019 yilning 19 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat çoğida Özbekistonning BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorligining ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.
Özbekiston tegişli vazirlik va idoralarining BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi va Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirişdan tomonlarning manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Hozirda Özbekistonda demokratiya mezonlariga javob beradigan mustahkam siyosiy tizim yaratilgani, jamiyatda qonunlarning ustuvorligi tamoyiliga va inson huquqlariga hurmat bilan munosabatda böliş qaror topayotgani qayd etildi. Inson huquqlarini himoya qiliş böyiça xalqaro majburiyatlar sözsiz bajarilmoqda. Jumladan, tergov olib boriş ustidan sud nazoratini kuçaytirişga yönaltirilgan Xabeas korpus jarayonlarini joriy qiliş böyiça işlar olib borilmoqda
Özbekiston nomzodini 2021-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi a'zoligiga körsatiş nuqtai nazaridan tomonlarning muloqotni davom ettirişga tayyorligi tasdiqlandi, deyiladi TIV xabarida.
Bundan oldin, BMT maxsus ma'ruzaçisi Özbekistonga kelayotgani, u adliya tizimi mustaqilligini baholaşi xabar qilingandi.

















