Birja orqali 100 ming tonnadan ortiq bug‘doy sotildi

Foto: D. Abramov / Vedomosti
2019 yilning avgustidan boshlab, “O‘zdonmahsulot” AK mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga keyinchalik eksport qilish sharti bilan mahalliy oziq-ovqat bug‘doyini birja savdolari orqali sotmoqda.
“O‘zRTXB” AJda o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra umumiy qiymati 202,0 mlrd so‘mdan yuqori 105,0 ming tonna 3-sinf bug‘doyi sotildi. Bug‘doyning o‘rtacha narxi uning boshlang‘ich bahosidan deyarli oshmadi va bir tonnasi uchun 1 935,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Ayni paytda birjaning kotirovkalash varag‘iga 1 tonnali lot bilan 3-sinf bug‘doyni sotish bo‘yicha 20 tadan ziyod namunali shartnomalar kiritilgan. Bug‘doyning boshlang‘ich narxi 1 932,0 ming so‘mni tashkil etadi. Yetkazib berish sharti – EXW (sotuvchining omborxonasidan olib ketish).
Mahalliy tadbirkorlar oziq-ovqat bug‘doyini birja savdolari orqali xarid qilib, uni bug‘doy yoki un ko‘rinishda eksport qilishda QQS summasini qaytarib olishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, mahsulotning tannarxiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Birja savdolarida xaridor sifatida ishtirok etish uchun birjada akkreditatsiyadan o‘tish, hisob-kitob kliring palatasida hisobvaraqasini ochish va brokerlik idorasi bilan shartnoma tuzish kerak.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:41
-
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi
Jahon | 07:39
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
Mavzuga oid

12:53 / 02.05.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi

17:15 / 20.04.2025
Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

21:05 / 27.03.2025