Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT maxsus vakili: «Elementar xavfsizlik qoidalariga rioya qilish YTH sonini kamida 2 baravarga qisqartiradi»
“Yuksalish” umummilliy harakati ofisida BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili Jan Todt va NNT, xususiy sektor, yoshlar hamda yo‘l harakati xavfsizligi uchun mas'ul tuzilmalar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, BMTning maxsus vakili butun dunyoda kuzatilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga urg‘u qaratdi. Yo‘l-transport hodisalari har yili dunyo bo‘ylab 1,35 million kishining hayotiga zomin bo‘lib, 50 million kishining turli darajadagi jarohatlanishiga olib kelyapti. Yo‘l-transport jarohatlari bolalar va yoshlar o‘limining asosiy sababidir. Bu muhim ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda iqtisodiy zarar YaIMning 5 foiziga yetadi.
Jan Todtning so‘zlariga ko‘ra, muammoning asosiy sabablaridan biri bu yo‘lda haydovchilar tomonidan sodir etiladigan bir qator elementar qoidabuzarliklar: harakat davomida tezlikni oshirish, xavfsizlik kamarlarini taqmaslik, mast holda avtomobil boshqarish, SMS-xabar yuborish va telefon orqali muloqot qilish. Bunday vaziyatlarni bartaraf etish va xavfsizlikning oddiy qoidalariga rioya qilish yo‘l-transport hodisalari sonini kamida ikki barobar qisqartiradi. Shu munosabat bilan, harakat ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida keng ma'lumot berish orqali ularning shaxsiy javobgarligini oshirish muhimdir.
Uchrashuv davomida masalaga kompleks yondashuv muhimligi ta'kidlandi. Ushbu masalaning milliy darajadagi javobgarligi hukumatga yuklatilgan, chunki ularda qonunchilik bazasini o‘zgartirish uchun zarur vositalar mavjud, ammo jamoatchilik guruhlari va yoshlar ham jamiyatning turli qatlamlarini yo‘llardagi qoidalar va xavfsizlikka rioya qilishga undash bo‘yicha muhim rol o‘ynaydi.

Ma'lumot uchun: Jan Todt maxsus elchi sifatida BTMga a'zo davlatlarga tashrif buyurib, manfaatdor tomonlar bilan yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga qat'iy siyosiy e'tibor qaratish, shuningdek ko‘proq sa'y-harakatlar va tegishli moliyalashtirishni rag‘batlantirish maqsadida yuqori darajadagi muloqotlar o‘tkazadi.
Bundan oldin, O‘zbekistonda 100 ming fuqaroga YTH tufayli halok bo‘lgan necha kishi to‘g‘ri kelishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:36 / 15.12.2021
Toshkent viloyatida spirtli ichimlik ichib mashina boshqargan haydovchi YPX xodimiga 1 million so‘m pora berayotganda ushlandi
17:29 / 14.12.2021
Andijonda fuqaroga qo‘pollik qilgan “GAI” xodimi lavozimidan ozod etildi
13:06 / 14.12.2021
Qashqadaryoda YPX xodimi faoliyatiga xalaqit bergan fuqaro 10 sutkaga qamaldi
22:19 / 11.12.2021