Rossiyaning Yekaterinburg şahri mezbonlik qilayotgan boks böyiça jahon çempionatining öninçi kun bahslarida keçki dasturdan örin olgan janglar bölib ötmoqda.
Özbekiston terma jamoasining -57 kilogramm vazn toifasida vakili Miraziz Mirzaxalilov çorak final doirasida qozoğistonlik Qayrat Yeraliyevga qarşi jang qildi.
3 raund davom etgan jang yakunida hakamlar özbekistonlik boksçini ğolib deb topişdi va Mirzaxalilov turnirning yarim finaliga yöl oldi. U endi kamida jahon çempionatining bronza medalini naqd qildi.



Bobousmon Baturov (-69 kg) esa uşbu bosqiçda iordaniyalik Ziyad Iaşaş bilan hisob-kitob qildi.



Faoliyatida ilk bor kattalar örtasidagi dunyo birinçiligida qatnaşayotgan özbekistonlik boksçi özining debyut çempionatidan medal bilan qaytadigan böldi. Butun jang davomida öz ustunligini namoyiş qilgan Baturov yarim final masalasini ijobiy hal qildi.
Bundan avvalroq, Özbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Şahobiddin Zoirov bolgariyalik Daniyel Asenovni mağlub etgan holda yarim final yöllanmasini
















