Joriy yilning 18 sentabr kuni xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş mavzusidagi 58-sessiyasi bölib ötdi. 

Sessiyada Toşkent şahridagi tadbirkorlikning hozirgi holati haqida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, Toşkentda yalpi hududiy mahsulot joriy yilning birinçi yarim yilligida 32 trln sömni taşkil etib, respublikaning boşqa hududlari orasida yetakçilik qilmoqda. Bu körsatkiç mamlakat yalpi içki mahsulotining 14,4 foizini taşkil qiladi. Yalpi hududiy mahsulotning 62,2 foizi kiçik biznes hissasiga töğri kelmoqda. 

Hozirgi kunda şaharda 103 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'yekti mavjud bölib, şulardan 19,5 mingdan köpi savdo, 15 mingga yaqini sanoat, 6 mingdan ziyodi sanoat, 5900tasi xizmat körsatiş, 3 mingdan ortiği aloqa, 1200dan köpi tibbiyot sohasida faoliyat körsatadi. 

Parlament işçi guruhi rahbari, senator Farrux Dadaxöjayevning bayonotiga köra, Toşkent şahridagi 10,500ga yaqin tadbirkorlik sub'yekti turli sabablarga köra öz faoliyatini töxtatgan. Ulardan 5,926tasining 647,8 mlrd söm soliq qarzdorligi mavjud. 2017 ─ 2019 yillarda 2 trln 271,1 mlrd söm miqdoridagi bank kreditlari hisobiga moliyalaştirilgan 129ta loyihaning 21tasi hozirgaça işga tuşmagan. 

“Toşkent şahrida eksport hajmini importdan oşirişga yetarli darajada e'tibor qaratilmayapti. 2019 yil 1 sentyabr holatiga köra eksport hajmi 1 mlrd 971,8 mln dollarni, import hajmi esa 3,9 dollarni taşkil etmoqda. Importning uluşi eksportdan hamon yuqori bölib qolmoqda. Poytaxtda ötkazilgan hatlov natijalariga köra, 86ta böş turgan va töla quvvatda foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari aniqlangan. Ayrim balansda saqlovçilarning uşbu binolardan samarali foydalaniş uçun imkoniyati bölmasa-da asossiz ravişda uşlab turiş hollari mavjud”, ─ deydi Farrux Dadaxöjayev.

Ta'kidlanişiça, boş vazirning Toşkent şahridagi qabulxonasiga şu kunga qadar 600dan ziyod murojaat kelib tuşgan. Murojaatlarning har uçtadan bittasi (186tasi) yer maydoni ajratiş bilan boğliq muammolar hisoblanadi. Şuningdek, banklar tomonidan kredit ajratişga oid masalalar murojaatlarning 16 foizini taşkil qiladi.