17 sentabr kuni Kun.uz caytida «Iştixon maşina-traktor parkini onlayn auksionda yutib olgan ğolib u yerga kira olmasdan sarson bölmoqda» sarlavhasi ostida onlayn auksionda ğolib bölgan fuqaro S.Qodirovning işonçli vakili Şerzod Gaziyevning murojaati yuzasidan suriştiruv e'lon qilingan edi.
Uşbu maqolaga javoban Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosidan tahririyatimizga ma'lumotnoma taqdim etdi.
«Aniqlanişiça, Samarqand şahar iqtisodiy sudining 29.10.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor «Keys-A» MÇJdan undiruvçi «Turonbank» ATB foydasiga jami 3 mlrd. 254 mln. 961 ming söm va oldindan tölangan 20 000 söm poçta xarajati undiriş belgilangan.

Jumladan, sud qaroriga asosan undiruv qarzdorning «Keys-A» MÇJning pul mablağlari bilan birga:
- garovga qöyilgan «Iştixon MTP»ning bino inşootlari;
- garovga qöyilgan «Bulunğur MTP»ning bino inşootlari;
- kredit mablaği evaziga sotib olingan 6 dona «Dominator-130» rusumli ğalla öriş kombaynlari — «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MÇJning 3 mlrd. 745 mln. sömlik kafillik şartnomasi böyiça pul mablağlariga qaratiş körsatib ötilgan.
Uşbu ijro hujjati Byuroning Samarqand şahar bölimi iş yurituviga 07.11.2018 yilda kelib tuşgan va şu kuni ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisida qaror qabul qilingan.
Ijro hujjati yuzasidan amalga oşirilgan majburiy harakatlari davomida 10.11.2018 yilda qöşimça qarzdor «Samarqand viloyat Agroservis MTP» MÇJga tegişli bölgan ya'ni, Iştixon şahar, Iştixon köçasi, 84-uyda joylaşgan «Iştixon MTP»ning bino va inşootlari xatlanib, Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi talablari tuşuntirilgan holda «Iştixon Agroservis MTP ESM» MÇJ rahbari N.Şakarovga saqlaş uçun topşirilgan va xatlangan mol-mulkdan foydalanişga oid çeklov qöyilmagan.

Bundan taşqari, 05.04.2019 yilda undiruvçi ATB «Turonbank»ning ijro hujjatini ijro qilmasdan qaytarib beriş töğrisidagi murojaatiga asosan ijro hujjati 05.04.2019 yilda Özbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonuni 40-moddasi birinçi qismi 1-bandiga asosan tamomlanib, ijro hujjatining asl nusxasi undiruvçiga qaytarilgan.


















