20 sentabr kuni Toşkent şahar bandlik boş boşqarmasida mutasaddilar iştirokida “Majburiy mehnatga barham beriş va uning oldini oliş” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Unda soğliqni saqlaş, maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi boşqarmalari xodimlariga majburiy mehnat tuşunçasi va undan himoyalanişning huquqiy asoslari xususida batafsil ma'lumot berildi.

Davra suhbatini oçib bergan Toşkent şahar bandlik boş boşqarmasi boşliği Zokir Jörayev jamiyatda majburiy mehnatni mutlaqo çeklaş zarurligi, buning uçun har bir fuqaro öz huquqlarini tanib olişi lozimligini ta'kidladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği Qudratillo Odinayevga köra, fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qiliş asosan soğliqni saqlaş, maktabgaça ta'lim hamda umumta'lim muassasalarida kuzatilmoqda.

“Özbekistonda bolalar mehnatiga töliq barham berilgan. Endi majburiy mehnatni ham töliq yöqotişimiz kerak. Buning uçun huquq faollari bilan ham muntazam ravişda hamkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Majburiy mehnatga yöl qöyilmasligi uçun respublika böyiça 400 nafardan ziyod inspektorlar monitoring uçun jalb qilinmoqda”, — deydi Odinayev.

“Majburiy mehnatga barham beriş töğrisida”gi  Vazirlar Mahkamasi Qarori, “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni, “Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks” majburiy mehnatning har qanday şakli ğayriqonuniy ekanligini körsatuvçi huquqiy asoslar hisoblanadi.

Toşkent şahri Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boşliği Husan Sultonovning ma'lumot berişiça, “Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks”ga kiritilgan özgartirişlarga asosan majburiy mehnatga jalb etganlik uçun EKIHning 10 baravaridan 30 baravarigaça, agar bu holat bir yil içida yana takrorlansa, EKIHning 30 baravaridan 50 baravarigaça jarima solinadi. Majburiy mehnat voyaga yetmaganlarga qöllanilganda esa EKIHning 30 baravaridan 50 baravarigaça (bu holat bir yil içida takrorlansa, 50 baravaridan 100 baravarigaça) jarimaga tortiladi.

“Maqsad köproq jarima solib, budjet uçun pul undiriş emas, balki odamlarning mas'ulligini oşirgan holda majburiy mehnatga batamom barham berişdir. 2019 yilning ötgan davrida Toşkent şahrida 8ta majburiy mehnatga jalb etiş hollari kuzatildi. Bunday vaziyatlar mutlaqo bölmasligi uçun harakat qilişimiz lozim. Şuningdek, paxta terimiga fuqarolarni öz ixtiyoriga qarşi holda jalb etiş taqiqlanadi, buning uçun keskin çoralar köriladi”, — deya ta'kidlaydi Husan Sultonov.