Özbekiston Advokatlar palatasida BMT Inson huquqlari kengaşining Sudya va advokatlar mustaqilligi masalalari böyiça maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayan bilan uçraşuv bölib ötdi.
Mazkur muloqot çoğida Palata raisi Olim Ernazarov mehmonni mamlakat advokaturasining hozirgi vaziyat bilan taniştirar ekan, sohadagi dolzarb muammolarga birma-bir töxtaldi. Avvalo, kadrlar tanqisligiga e'tibor qaratildi.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda 3946 nafar advokat röyxatga olingan. Ya'ni, örta hisobda 8200 nafar kişiga bitta advokat töğri keladi.
“Bu halokatli darajada kam, – dedi Palata rahbari. – Eng açinarlisi, sönggi 8-10 yilda advokatlar sonida normal potensial ösiş kuzatilmagan”.
O.Ernazarovning sözlariga köra, yaqinda Palata tomonidan dunyoning 41 davlatidagi advokatlar sonining umumiy nufusga nisbati tahlil qilingan. Aniqlanişiça, aholining advokatlar bilan ta'minlanganlik darajasi böyiça biz nafaqat ilğor Ğarb davlatlari, hatto qöşnilardan ham ança ortda qolganmiz.
Jahonda eng yuqori körsatkiç Isroilga tegişli – 136 kişiga bitta advokat. Şuningdek, yaqin davlatlardan: Turkiyada 665/1, Estoniyada 1300/1, Ukrainada 1200/1, Gruziyada 700/1, Qozoğistonda 3932/1.
“Bu hali faqat son masalasi. Har bir fuqaroning malakali yuridik yordam oliş imkoniyatlari alohida muhokamaga arziydi”, – ta'kidladi Palata rahbari.
Uning aytişiça, mazkur muammo kompleks yeçim talab qiladi, ammo hali-hanuz obektiv va sub'yektiv sabablarga köra bu borada aniq töxtamga kelinmagan. Holbuki, agar şoşilinç çoralar körilmasa, vaziyat yil sayin oğirlaşib boraveradi. Advokatlar va aholi soni nisbatini bir qadar maqbulroq miqdorga keltiriş esa uzoq vaqt talab etadigan jarayondir.
“Biz örganib çiqdik: Özbekiston OTMlari bir yilda taxminan 650 nafar huquqşunos tayyorlar ekan. Agar advokatura foydasiga moratoriy e'lon qilib, hamma bitiruvçilar advokatlikka yöllangan taqdirda ham 5 yil davomida atigi 3500 nafar yangi advokat qöşiladi”, – dedi Palata raisi.
Olim Ernazarovning ma'lumotiga köra, 4 ming nafarga yetar-yetmas advokatdan 30 va undan kiçik yoşdagilar salmoği atigi 70 kişini taşkil qiladi.
“Jamiyatimizda advokatning obröyi özi haminqadar. Qolaversa, şu kasb egasi bölişni orzusida yuridik bilim olgan yoşlar advokatlik faoliyatini boşlaşda ma'muriy çeklovlarga duç keladi. Masalan, qonunçiligimizga köra, advokat litsenziyasini oliş şartlaridan biri – huquqiy sohada 2 yillik iş stajiga egalik. Şu kabi tösiqlar advokat böliş istagidagi kamyob yoşlarning oyoğiga tuşov bölayotir”, – dedi Advokatlar palatasi raisi.

















