2019 yil 1 sentabr holatiga respublikada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 380,9 mingtaga yetdi. Xizmatlar sohasiga 249 mingdan ziyodi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning o‘sishi 20,4 %ga oshdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni 42,4 taga ko‘paydi. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni ularning umumiy sonining uchdan ikki qismini tashkil etadi, bu 65,6 %ni tashkil etadi.
Taqqoslash uchun: kuzatilgan davrda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ulushi 17,8 %, qurilishda - 9,3 %ni tashkil etdi va atigi 7,3 % qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
2019 yil 1 sentabr holatiga, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar (37,3 %) yuqori ulushni egallaydi.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning soni 9,6 %ni tashkil etdi.
Tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va xizmatlar sohasidagi tegishli faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ularning umumiy sonidagi ulushi 6,0 %ga yetdi.
Axborot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning ulushi 3,1 %ga teng bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning ulushi 3,0 %ni tashkil etdi.
2019 yil yanvar-avgust oylarida xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar soni (42,4 ming birlik) o‘tgan yilga nisbatan 20,1 ming birlikka ko‘paydi. Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub'yektlari soni (36,2 ming birlik) 20,4 ming birlikka ko‘paydi.
2019 yil yanvar-avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 117 527,9 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 23 651,5 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 12,9 %ni tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur'atlari moliyaviy xizmatlar (161,7 %), me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (110,1 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (107,7 %), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarda (107,6 %) qayd etildi.















