2019 yilning 20 avgust sanasidan boşlab Özbekistonda tijorat banklari tomonidan dollar sotilişi yölga qöyilgan. Çet el valutasini valuta ayriboşlaş şoxobçalarida sotib oliş mumkin. 21 avgustdan Özbekiston banklari xorijiy valutani naqd pulda sotişni boşladi. Birinçi kun içida aholi tomonidan 15 million AQŞ dollaridan ziyod valuta xarid qilingan bölib, şundan 9,6 million dollar naqd körinişda amalga oşirilgan. Şuningdek, banklar aholidan 20 million AQŞ dollari miqdorida xorijiy valuta xarid qilgan.

Avvalo aytiş lozimki, Prezidentimizning qarori ijrosi asnosida qöyilgan bu qadam haqqoniy bozor iqtisodiga yetaklaydigan zarur qadamdir. Bunga qadar xorijiy valutani faqat kartalarga sotib oliş mumkin edi.

Bundan sal oldin dollar kursi keskin oşgan va 9 avgust kuni Markaziy bank Özbekistonda dollar nega keskin kötarilganiga izoh bergan edi. Unga köra, kurs oşişiga taşqi va içki omillar sabab bölgan: 2019 yilning ikkinçi yarmidan boşlab, Özbekistonning asosiy savdo şeriklari bölgan ba'zi mamlakatlarda (Rossiya, Qozoğiston va Xitoy) milliy valutalarning qadrsizlanişi boşlangan, bu esa içki valuta bozorimiz iştirokçilarining almaşuv kursi böyiça kutilmalari va qarorlar qabul qiliş jarayoniga ma'lum darajada ta'sir körsatgan. Şuningdek, yurtimizdagi  asosan import qiluvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan xorijiy valutaga bölgan talabning ösib borişi kuzatilgan. Bu asnoda Rossiya, Xitoy, Hindiston oltin sotib olişga kirişgan.

Inqilobiy qaror

2017 yilning 2 sentyabrida Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Valuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi. Mazkur farmonga muvofiq, mamlakatimizda valuta munosabatlarini tartibga soladigan hamda yuridik va jismoniy şaxslar xorijiy valutani erkin sotiş va sotib olişga imkon beradigan yangi bozor mexanizmini joriy qiliş boşlandi.

Yangi tartibga köra, endi milliy valutamizning çet el valutasiga nisbatan ayirboşlaş kursi valuta birjasining banklararo elektron savdolarida valutaga bölgan talab va taklifdan kelib çiqqan holda şakllantiriladigan böldi.

Ma'lumki, Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 7 fevralda imzolagan «Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida»gi farmonning «Iqtisodiyotni yanada rivojlantiriş va liberallaştiriş» deb nomlangan bölimida valuta siyosatini isloh qiliş uşbu yönalişdagi birinçi zaruriy qadam ekanligi ta'kidlangan va islohotlarning muvaffaqiyati köp jihatdan pul-kredit, soliq-budjet va iqtisodiy siyosatning boşqa sohalarida amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarning samarali muvofiqlaştirilişi bilan çambarças boğliqligi aniq ta'kidlangan edi.