Qişloq joylarda şifokor kadrlarning yetişmasligi muammosini öşa hududlarda ularni bepul uy-joy bilan ta'minlaş va maoşiga qöşimça tölovlar beriş orqali hal etiş mumkin, deb hisoblaydi Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqov.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Umrzoqov bu haqda Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi majlisida aytib ötgan.

«Buyurtma bölişi kerak! Şartnoma asosida. Öşa qişloqlarga bitiruvçini majburan yuboriş yöq qonun böyiça. Bu majburiy mehnat deyiladi. Lekin uni iqtisodiy va ijtimoiy rağbatlantiradigan yöllari bor.

Hukumat, masalan, bir topşiriq bilan yoş vraçlarga qişloqlarda bepul uy-joy bersa, ularning maoşiga qöşimça tölovlarni biz vazirliklar bilan birgalikda qilib bersak, ular jon-jon deb işlaydi. 5 yil emas, kerak bölsa 10 yil ham işlab ketadi», – dedi u.

Tibbiyot sohasida 15 yillik tajribasi borligini aygan Mehnat vaziri örinbosari, şuningdek, tibbiy yordam va tibbiy xizmatning alohida-alohida miqdorlarini aniqlaş, tibbiyotda milliy normalarni kiritiş va hamşiralar sonini köpaytiriş zarurligini ta'kidladi.

«Mana şu narsalarni hukumat qarori bilan yaqin yillarda joriy qilmasak, eski hammom, eski tos hali kamaymaydi», – deb xulosa qildi Bahodir Umrzoqov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligining Senatga taqdim qilgan axboroti tanqidlarga sabab bölgani xabar qilingan edi.