Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi super-kontraktlar haqida qöşimça rasmiy ma'lumotlarni ma'lum qildi.

Öqişdan yiqilib, kontraktning kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 balldan köp ball töplagan abituriyentlar uçun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi. 

Joriy yilda abituriyentlar uçun super-kontrakt tölaşda quyidagi yengilliklar beriladi:

  • super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy tölov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (ya'ni narxlar arzonlaşadi);
  • tölovçilarning öz hohişiga köra stipendiyali tölovlar, ya'ni, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt summasiga (bir öquv yili uçun 4,8 mln söm) qöşimça tölaş mumkin. Ya'ni agar istasa 4,8 mln söm qöşib tölasa, talaba har oy stipendiya olişi ham mumkin böladi;
  • super-kontraktni yil davomida ikkiga bölib yoki hattoki oylarga bölib tölaş imkoniyati ham beriladi;
  • bunda super-kontrakt miqdorini oylarga bölib tölanganda ham, öquv yilining birinçi yarmi uçun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinçi yarmi uçun 2020 yilning 1 martidan keçiktirmay tölanişi lozim;
  • yuqoridagi qoidalar kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun ham amal qiladi.

Ma'lumot uçun, kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda tölaşadi:

  • 1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun - 1,5 barobar;
  • 1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,0 barobar;
  • 2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,5 barobar;
  • 3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun - 3,0 barobar.

Super-kontrakt narxlari

Töplagan bali kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan köp ball töplagan abituriyentlar uçun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar ötgan yilgidan deyarli özgarmagan.

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yönalişida — 25 barobar, ya'ni 229 mln 184 ming söm.

Keyingi örinda tibbiyot yönalişiniki — 20 barobar, ya'ni 170 mln 649 ming söm.

Qolgan yönalişlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.