Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan tizimdagi korrupsion holatlarning oldini oliş maqsadida maxsus seminar ötkazildi.

Unda vazirlik Içki audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati boşliği Dilşod Normatov MTTlarga yetkazib berilayotgan sifatsiz oziq-ovqat masalalariga alohida töxtaldi.

«Ba'zi hollarda korrupsion holatlarning oldini oliş uçun qonunçilik normalariga ham özgartiriş kiritiş lozim deb öylayman. Masalan, budjet taşkilotlariga yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining maksimum narxi hokimiyatlar tomonidan belgilab beriladi. MTTlarning esa xarid qilayotganda şu narxdan oşib ketişiga yöl qöyilmaydi.

Endi qiziq holat: Toşkent şahri uçun göşt narxi 33 ming söm etib belgilangan. Hatto nisbatan göşt serob Qaşqadaryoda bu me'yor - 41 ming söm. Toşkent şahrida göşt narxi qança ekanini hamma yaxşi biladi. Endi MTT rahbarini ham tuşuniş zarur: agar qimmatroqqa göşt olsa ham, normadan oşgani uçun yana özini aybdor qilamiz. 33 ming sömga qanaqa göşt yeyiş mumkinligini ham tasavvur qilib köriş kerak», deydi Dilşod Normatov.

MTV xodimining qöşimça qilişiça, maktabgaça ta'lim tizimida sodir böladigan har qanday huquqbuzarlikning, avvalo, sodir böliş spitsifikatsiyasiga alohida e'tibor beriş lozim.