Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida yuqori darajadagi davlat tashriflari tashkil etiladi
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida yuqori darajadagi davlat tashriflari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
Uning o‘z chiqishida aytishicha, tomonlar o‘rtasida yuqori darajadagi davlat tashriflari yaqin kunlarda tashkil etiladi.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishni tezlashtirishni hamda bu haqda Ozarboyjonga o‘z istaklarini yetkazishni so‘radi.
Uchrashuv davomida A. Komilov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlari barcha sohalarda sezilarli darajada rivojlanib borayotgani, iqtisodiy sohada ko‘plab loyihalarni amalga oshirish boshlanganini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2010 yilning 27-28 sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. O‘zbekiston Respublikasi rahbarining Ozarbayjonga so‘nggi tashrifi esa 2011 yilning 11-12 sentabr kunlariga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
14:14
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
22:08 / 18.05.2026