Özbekistonda qöşilgan qiymat soliği miqdori 20 foizdan 15 foizga pasaytirildi. 

Kun.uz manbasi xabar qilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston soliq siyosatini takomillaştiriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjatda tadbirkorlik sub'yektlarini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida QQS stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgaça tuşiriş töğrisidagi farmonini imzolagan.

Yangi soliq stavkasi 1 oktabr kunidan amal qilişi kutilmoqda.

Hukumatga 2020 yilgi davlat budjeti loyihasini tayyorlaşda qöşilgan qiymat soliğini hisob-kitob qiliş va tölaşning soddalaştirilgan tartibini bekor qiliş, şuningdek, dividend şaklida tölanadigan daromad soliği stavkalarinini saqlab qolgan holda yuridik şaxslarga solinadigan foyda soliğining bazaviy stavkasini 15 foiz miqdorida belgilaşni (bungaça 12 foiz edi) nazarda tutiş topşirilgan.

Bundan taşqari, 2020 yildan budjet taşkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamğarmasi (kapitali)da davlat uluşi 50 foiz va undan köproq miqdorda bölgan yuridik şaxslar, ustav jamğarmasi (kapitali)ning 50 foizi va undan köproq miqdori davlat uluşi 50 foiz va undan köproq bölgan yuridik şaxsga tegişli yuridik şaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uçun yagona ijtimoiy tölov stavkasini 25 foizdan 12 foizga tuşiriş közda tutilmoqda.

1 oktyabrdan boşlab Moliya vazirligining budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga ötkazib kelingan yagona soliq tölovi Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlariga ötkazila boşlanadi. 

Eslatib ötamiz, prezident 11 sentabr kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida Moliya vazirligiga qöşilgan qiymat soliğini stavkasini pasaytiriş böyiça topşiriq bergandi.

Ma'lumot uçun, 20 foizlik soliq stavkasi 2000 yilda örnatilgan va sönggi 19 yil içida qayta körib çiqilmagandi.