Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 800-son qarorida nazarda tutilgan, deb xabar bermoqda Norma.
63 ta jamiyatdagi davlat aksiyalari (uluşi) paketi ustuvor huquqlar qöllanmagan holda ommaviy savdolarga qöyiladi. Mazkur holatda ularning boşlanğiç bahosi quyidagilarga teng böladi:
• uşbu kompaniyalarning sof aktivlari uluşiga mutanosib ravişda;
• nominal qiymatga – sof aktivlar miqdori ularning ustav kapitali miqdoridan kam bölsa.
Past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan 295 ta sub'yektga nisbatan tugatiş yoki bankrotlik jarayonlari qözğatiladi. Ular orasida 3,05 %dan 100 %gaça davlat iştirokiga ega 51 ta mas'uliyati çeklangan jamiyat (tugatiş yoki bankrotlik jarayonida aniqlaştiriladi) va respublika böyiça turli idoraviy böysunuvdagi 244 ta davlat unitar korxonasi bor.
Tegişli röyxatlarni hujjatga ilovadan topiş mumkin. 1 noyabrga qadar vazirlik, idoralar va hududlar hokimiyatlari uşbu röyxatlarda idoraviy böysunuvidagi davlat korxonalari bor-yöqligini tekşiriş uçun qöşimça inventarizatsiya ötkazadilar va röyxatlarga kiritilgan korxonalar tugatiladi.
Hujjat 24.09.2019 yildan kuçga kirdi.

















