Köplab ogohlantirişlarga va belgilangan tartibda çoralar körilganiga qaramay, yakka tartibdagi biznes vakillari, şuningdek respublika aholisi tarafdan tabiiy gazdan foydalaniş qoidalari rioya qilmasligi davom etmoqda, deb yozadi “Özneftgazinspeksiya” axborot xizmati.

Joriy yilning sentabr oyi davomida “Özneftgazinspeksiya” tomonidan respublikada gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça ötkazilgan profilaktik tadbirlar davomida gaz ta'minotiga noqonuniy ulaniş orqali 300 tadan ortiq holat aniqlanib, jami 8 mlrd sömga yaqin - 7 mln 682 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalanib, zarar yetkazilganligi foş böldi.

Xususan, Andijon viloyatida joylaşgan korxonaga qaraşli ohak işlab çiqariş sexida 390 mln sömdan ortiq, 394 ming metr kub, şuningdek, Toşkent viloyatida joylaşgan MÇJga qaraşli ohak işlab çiqariş sexida jami 128 mln sömdan ortiq 128 772 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Joriy yilning boşidan 2250 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalaniş holatlari aniqlangan bölib, tegişli çoralar köriş uçun hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga topşirildi.

Toşkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy iste'mol qiliş xajmi jami 1 mlrd sömlik 956 ming metr kubni taşkil etdi.

Siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalaniş qoidalariga rioya qiliş böyiça profilaktik tadbirlar davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.