Samarqand şahridagi Alişer Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat boğida Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram sayli ötkazildi.

«Ustoz — qadri buyuk muallim!» şiori ostida ötgan saylda körgazmalar, taniqli san'atkorlar va jajji bolajonlarning konsert dasturlari namoyiş etildi. Şuningdek, öquvçi-yoşlar tomonidan tayyorlangan zamonaviy körgazmalar namoyişi yiğilganlarda katta qiziqiş uyğotdi.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham saylda iştirok etib, körgazmali çiqişlarda qatnaşgan öquvçilar va öqituvçilar bilan suhbatlaşdi.




«Hozirda 80 yoşni qoralayotgan bölsam, şu paytga qadar bugungidek ustozlarga ehtiromni körmaganman, — deydi faxriy öqituvçi, fizika matematika fanlari nomzodi Keldiyor Gadoyev. — Past Darğom tumanidagi 31-maktabni bitirgan qişloqdoşlarimiz orasida köpçiligi öqituvçilik kasbini tanlaşgan. Ulardan 13 nafari fan nomzodi, 6 nafari fan doktori. Saylni tomoşa qilar ekanman, 42 yillik öqituvçilik faoliyatim, ustozlarim yodimga tuşdi».

























