Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yangi kelishuv qachon imzolanishi mumkinligi aytildi
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuv 2020 yil boshida imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma'lumot berdi.

«O‘zbekiston hozir Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan hamkorlik haqida kelishuv ustida ishlayapti. Ish muvaffaqiyatli ketyapti. Murakkab ham bo‘lyapti, chunki bu – bizning yangi formatdagi iqtisodiy munosabatlarimiz.
Umid qilamizki, yanagi yilning boshida shunday kelishuvga erishamiz. Va bu O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari yanada kengayishiga olib keladi», – dedi Safoyev 4 oktabr kungi matbuot anjumanida.
Ma'lumot uchun, 23-28 sentabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim (ShHKB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 3-raundi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik kelishuvi 1999 yil 1 iyulda imzolangan bo‘lib, yangi shartnoma ushbu bitimning o‘rniga amal qila boshlashi kutilyapti.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
10:40 / 09.02.2026
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
20:49 / 02.02.2026
Yevroparlamentda Yevropa Ittifoqining Qirg‘izistonga nisbatan siyosati tanqid qilindi
13:10 / 02.02.2026