Joriy yilning 17 sentabr kuni Kun.uz saytida «Ishtixon maşina-traktor parkiga onlayn auksionda yutib olgan ğolib u yerga kira olmasdan sarson bölmoqda» sarlavhasi ostida jurnalistik suriştiruv e'lon qilingan edi.

Uşbu maqolaga Majburiy ijro byurosi hamda Samarqand viloyati «Agroservis MTP»ning munosabatlari e'lon qilingan edi.

Ishtixon tuman hokimligi ham tahririyatimizga uşbu masala yuzasidan öz munosabatini bildirdi:

Ishtixon şahri, Ishtixon köçasi 84-uyda joylaşgan, umumiy yer maydoni 8,3 gektar, bino-inşootlar osti maydoni 8421,41 kv.metrdan iborat bölgan bino-inşootlarga Ishtixon tuman hokimining 2016 yil 12 apreldagi 363-sonli qarori bilan Samarqand viloyat MTPlar birlaşmasi nomiga egalik huquqi berilgan.

 

«Turonbank» ATB Samarqand filiali bilan Samarqand viloyati «Agroservis maşina traktor parklari» MÇJ örtasida 2017 yil 6 iyunda tuzilgan «Garovga taqdim etilayotgan mulklarni garov qiymatini kelişuv dalolatnomasi»ga asosan Samarqand viloyat «Agroservis MTP» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli Ishtixon şahri Ishtixon köçasi 84-uyda joylaşgan bino-inşootlar qiymati belgilanib, bino-inşootlar (yer maydoni emas) garovga qöyilişi közda tutilgan.

Mazkur dalolatnoma tuzilgunga qadar, ya'ni Samarqand viloyat «Agroservis MTP» mas'uliyati çeklangan jamiyatining 2017 yil 4 maydagi 05/7-192–sonli xatiga asosan 1,0 gektar yer maydoni hamda 0,3 gektar yer maydonlari tuman hokimining 2017 yil 20 maydagi 1362-Q-sonli hamda 2017 yil 20 maydagi 1363-Q-sonli qarorlari bilan jami 1,30 gektar yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga olingan.

Şuningdek, Samarqand viloyat «Agroservis MTP» mas'uliyati çeklangan jamiyatining 2017 yil 25 dekabrdagi 05/7-548-sonli xatiga asosan tuman hokimining 2018 yil 15 fevraldagi 406-Q-sonli qarori qabul qilinib, unga köra Samarqand viloyat «Agroservis MTP» mas'uliyati çeklangan jamiyati 0,82 gektar yer maydoni ham tuman hokimligi zaxirasiga olingan.