Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev telegramdagi kanalida ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan jurnalistning umummilliy guvohnomasini joriy etiş masalasi yuzasidan ma'lumot berdi.
Uning ma'lum qilişiça, jurnalistning milliy guvohnomasi - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta jurnalistlarga bepul taqdim etiladi.
«Haqiqatan ham, Prezidentning 2 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda Özbekistonda axborot sohasini rivojlantiriş böyiça Dasturda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan jurnalistning umume'tirof etilgan milliy guvohnomasi joriy etilişi belgilangan edi.
Şuni ma'lum qilamanki, Agentlik mazkur masala yuzasidan tegişli hujjat loyihasini allaqaçon işlab çiqqan va loyiha ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan körib çiqilmoqda.
Mazkur hujjat qabul qilingandan söng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta jurnalistlarga bepul taqdim etiladi», deyiladi xabarda.
Şu yil boşida Özbekistonda jurnalistlar uçun milliy guvohnoma joriy etilişi, u qanday körinişda bölişi haqida ma'lumot berilgandi.















