9 oktabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida Navoiydagi 47-sonli jazoni ijro etiş muassasasida vafot etgan Ş.S. işi böyiça sud majlisi davom ettirildi.

Bu gal avvalgi sud majlisida gistolog Jamoliddin Begboyev tomonidan taqdim etilgan ikkita audioyozuv jabrlanuvçi, ayblanuvçilar, advokatlar iştirokida tinglandi va şu masalada guvohlar söroq qilindi.

Dastavval, guvoh sifatida audioyozuvda Begboyev bilan suhbatlaşgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toşkent viloyat filiali rahbari Ğofur Şodiyevga savollar berildi va uning körsatmalari tinglandi.

«Bu audioyozuvdagi suhbatda ruxsatsiz ekspertizada qatnaşiş haqida gap ketmoqda. Bu tazyiq yoki bosim emas. Mutaxassis ekspertizaga mas'ul taşkilot ruxsati bilan qatnaşadi. Bu ekspertizada Begboyev qatnaşişidan mening xabarim yöq edi. Menimça, u öz taşabbusi bilan qatnaşgan. Doim «respublika, respublika» derdi. Men bu iş böyiça qonuniy körib çiqiş böyiça körsatma berganman. «Oilangni öyla» deganim ham şu masalada. Köp xatoliklarga yöl qöyaverdi», – deydi u.

- Prokuror: «Ruxsat olmagan deyapsiz. Özi ekspertiza ötkazişning tartibi qanday?»

- Ğofur Şodiyev: «Tartibga soluvçi Nizom mavjud. Unga köra, ekspert işlayotgan taşkilotga iltimosnoma yoki bildirgi kiritiladi. Şaxsan men bunday ruxsat bermaganman».

- Prokuror: «Audioyozuvda «men qatnaşmagin degandim-ku» degan joyini eşitdik. Bu böyiça nima deysiz? Bunday iştiyoqqa sabab nima?».

- Ğofur Şodiyev: «Mening xabarim bölmagan. Qatnaşayotganligini sörasam, yöq deya javob bergan. Bir neça marta tanbehlarim ta'sir qilmagan».

Şuningdek, sudda audioyozuv böyiça Şerzod Kamalov, Muhammadali Haydarov va Dilşoda Hasanova ham söroq qilindi.

Raislik qiluvçi tomonidan audioyozuv hali dalil sifatida inobatga olinmagani, bunga hali sud baho berişi ta'kidlandi.

Guvoh Dilşoda Hasanova öz körsatmalarida unga nisbatan tazyiqlar bölganini inkor etdi.

Toşkent viloyat filialining sobiq rahbari Muhammadali Haydarov ham qisqaça tuşuntiriş berib ötdi. Advokatlar tomonidan unga nisbatan bir neça savol berildi. Avvalo, advokatlar nega ekspertlar va umumamaliyot şifokorlari ekspertiza byurosida emasligini sörab, içki işlar bölimiga işlarni olib boriş uçun töplangani va bu ularda şubha uyğotayotgani haqida aytişdi. Muhammadali Haydarov bunga javoban ekspertlar uçun masofa böyiça noqulayliklar bölmasligi uçun şunday iş tutilgani haqida aytib ötdi. Şuningdek, advokatlar nega ekspertiza tugatilmay turib mutaxassislar söroqqa tutilgani haqida qiziqişdi.