Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun 10 oktabr kuni Aşxobod şahriga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Kengaş majlisi 11 oktyabrga möljallangan. Sammit doirasida Prezidentimizning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.
Yiğilişda Hamdöstlik doirasida köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qiliş, şuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Sammit yakunida bir qator hujjatlarni, jumladan, 2020 yilda MDHda raislikning Özbekiston Respublikasiga ötişi töğrisida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik töğrisida deklaratsiya, 1941-1945 yillar Uluğ Vatan uruşida qozonilgan Ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining Hamdöstlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm hamda ekstremizmning boşqa zöravon körinişlariga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik dasturini qabul qiliş közda tutilgan.

















