Oliy sud raisiga yangi o‘rinbosar saylandi
Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.
Oliy sud a'zoligiga to‘rt nafar nomzod Konstitutsiyaning 93-moddasi va «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 63-moddasiga asosan, prezident taqdimnomasiga binoan Senatda ovozga qo‘yildi. Unga ko‘ra:
– Ikrom To‘xtamurodovich Muslimov muddatsiz davrga Oliy sud raisi o‘rinbosari – Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimiga,
– Raxat Aminbayevich Ismaylov, Sanobar Tursunovna Mamadaliyeva, Shamsiddin Mamarejyebovich Tojiyev – o‘n yil muddatga Oliy sud sudyasi lavozimiga saylandi.
Ikrom Muslimov – 1972 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. Mutaxassisligi – huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida adliya va sud idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. 1998-2001 yillarda Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumani sudyasi, 2001-2005 yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi, 2005-2013 yillarda Oliy sud sudyasi, 2013-2018 yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi raisi bo‘lib ishlagan, 2018 yil 14 dekabrdan hozirga qadar Oliy sud sudyasi va Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Ikrom To‘xtamurodovich 2017 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy sudning Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati sobiq raisi Bahodir Akbaraliyevich Dehqonov shu yilning fevralida hibsga olinib, o‘tgan oy DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida 5 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
17:49 / 06.12.2024