«Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi qonun yangi tahrirda senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Qonunga yangi modda qöşilgan bölib, unga asosan Markaziy bank xodimlariga quyidagilar man etiladi:
– haq tölanadigan biror-bir boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullaniş, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan şuğullaniş mustasno;
– banklar, xöjalik boşqaruvi organlari va xöjalik yurituvçi sub'yektlarning kuzatuv kengaşlari tarkibiga kiriş;
– öz xizmat majburiyatlarini bajarişi munosabati bilan öziga ma'lum bölib qolgan bank sirini taşkil etuvçi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilişi çeklangan boşqa axborotni uçinçi şaxslar manfaatlarini közlab oşkor etiş yoki undan foydalaniş.
Manfaatlar töqnaşuvi va korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan bu özgariş, ma'lum bölişiça, Belarus tajribasidan kelib çiqqan holda kiritilgan.
Şu bilan birga, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub'yektlarining, şu jumladan kredit taşkilotlarining, tölov taşkilotlarining, tölov tizimlari operatorlarining, valuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topşirilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oşiruvçi şaxslarning, şuningdek konsolidatsiyalaşgan tarzda nazorat qilinişi lozim bölgan şaxslarning moliya-xöjalik faoliyati tekşiruvlarini ötkaziş uçun jalb etişga yöl qöyilmaydi.
Qonunning yangi tahririga asosan, Markaziy bank boşqaruvi tarkibi 11 kişidan 9 kişiga kamaytirilmoqda, ulardan 2 nafari mustaqil a'zo bölişi belgilanmoqda. Ya'ni MB boşqaruvi tarkibiga MB raisi, uning birinçi örinbosari va örinbosarlari, şuningdek boşqaruvning ikki nafar mustaqil a'zosi kiradi.
Mustaqil a'zolar MB raisining taqdimnomasiga köra Oliy Majlis Senatining Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.
11 oktabr kuni Senatda ma'qullangan qonun prezident imzolab, rasman e'lon qilinganidan söng kuçga kiradi.













