Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 14 oktabr kuni Boku şahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi şayxulislom Ollohşukur Poşşozodani qabul qildi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni yanada mustahkamlaş, konfessiyalararo muloqotni kengaytiriş, ta'lim va yoşlarning ma'naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Birgalikdagi sa'y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarşi samarali kuraşiş, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va çinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazişga xizmat qilişi ta'kidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, öz navbatida, Özbekiston prezidentining islom olamining boy merosini örganiş va asrab-avaylaş böyiça taşabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan çoralar samarali ekanini qayd etdi. 

Ollohşukur Poşşozoda mamlakatlar va butun mintaqada tinçlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlaş yölida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.