Qozoğistonda non narxi oşadi. Bu haqda mamlakat qişloq xöjaligi vaziri Saparxon Omarov xabar berdi, deb yozmoqda Tengrinews.
Uning sözlariga köra, hozir nonning narxi hududga qarab 75-78 tengega teng. «Öylaymanki, bu sodir böladi. Narx oşişi u qadar katta bölmaydi - 80-82 tenge atrofida», - deya qöşimça qildi vazir. Şu bilan birga, u bu narxlarning biroz kötarilişi ekanligini ta'kidladi.
«Non narxi keskin kötarilişining oldini oliş uçun biz «Prodkorporatsiya» AJ bilan barqarorlaştiruv jamğarmalaridan don sotib olyapmiz. Bundan taşqari, har bir viloyat hokimligi barqarorlaştiruv jamğarmalaridan don va un xarid qilmoqda. «Prodkorporatsiya» har yili, fevraldan iyulga qadar, içki bozorni barqarorlaştiriş uçun 150-250 ming tonna donni kombinatlar örtasida sotadi. Non narxi keskin kötarilmasligi uçun bu yil 150 ming tonna ğalla içki bozorga sotildi», - dedi mamlakat qişloq xöjaligi vazirligi rahbari matbuot anjumanida.
Bundan oldin, Özbekistonda yaqin vaqt içida qolipli non (buxanka)ning narxi 1500 sömga kötarilişi xabar berilgandi. Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, bu don va un narxlarining erkinlaştirilişi tufayli röy beradi.
Manbaning ta'kidlaşiça, kam ta'minlangan va köp bolali oilalarga «non kompensatsiya» puli sezilarli oşişi mumkin. Kompensatsiya miqdori oyiga 50 ming sömni taşkil etadi. Hozirda hukumat non uçun sarf-xarajatlarni qoplaş uçun oyiga qariyb 1,6 million kişiga 22,5 ming sömdan tölamoqda.

















