Transport vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlaniş böyiça davlat qömitasining çet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti boş direktori örinbosari Çjen Çiping boşçiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida “Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy” temir yöl loyihasini amalga oşiriş yuzasidan muhokamalar ötkazilgan. Xitoy tomoni mazkur temir yöl liniyasi ötişi mumkin bölgan hududlar böyiça öz takliflarni bildirdi. 

Tomonlar uşbu temir yöl liniyasi nafaqat bir davlat uçun balki butun mintaqa rivoji va taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab ötişdi. Şuningdek, mamlakatlar örtasida multimodal taşuvlar hajmini köpaytiriş, hamkorlikda avtomobil taşuvlarini faol rivojlantiriş masalasi muhokama qilindi.

Eslatib ötamiz, yangi temir yöl Xitoydan Yevropa va Yaqin Şarq mamlakatlariga eng qisqa yöl hisoblanadi. Mavjud yönalişlarga nisbatan masofa 900 km.ga, yuklarni yetkazib beriş muddati 7-8 kunga qisqaradi. Mutaxassislar fikriga köra, yiliga kamida 5 million tonna yuk taşiş yölni quriş uçun ketgan xarajatlarni töliq qoplaydi.