Keça, 14 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Don, un va non yetkazib beriş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi. 

Unga köra, 2019 yilning 15 oktyabridan boşlab Özbekistonda don va un narxlarining erkinlaştirilişi borasida bir qança yangi tartiblar örnatilişi belgilangan. Örnatiladigan yangi tartiblar non narxiga ham ta'sir körsatişi kutilmoqda.

Kun.uz qaror asosidagi özgarişlar, şuningdek, bunga sabab bölgan boşqa omillar böyiça batafsil ma'lumot oliş maqsadida Özbekiston Moliya vazirligi bilan boğlandi.

Savollarimizga Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ijro etuvçi direktori Bahrom Aşrafxonov javob berdi.

«Narxlarning erkinlaştirilişi borasidagi talab fermerlar tomonidan bildirildi va u Oliy Majlis tomonidan jiddiy qabul qilindi».

«2 oktabr kuni Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa egalari kengaşi Rayosati hukumat va parlamentga ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlaş yuzasidan murojaatnoma bilan çiqdi.

Ularning aytişlariça, yillar davomida aholini arzon un va non bilan ta'minlaş masalasi ğalla yetiştiriş va uni qayta işlaşning davlat tomonidan qat'iyan boşqarilişi va fermer xöjaliklari tomonidan yetiştirilgan ğallaning bozor narxlariga nisbatan past narxlarda xarid qiliş tamoyillari asosida hal qilinib kelindi.

Natijada, fermer xöjaliklarining hosildorlikni oşiriş va ğalla yetiştiriş hajmini köpaytirişga qiziqişi pasayib, xarajatlarni faqat davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar doirasida amalga oşirib, qöşimça daromad oliş uçun öz mablağlarini yönaltirişdan manfaatdorligi bölmadi.

 Şuningdek, davlat xaridlari böyiça fermerlarning ğallasiga past narx belgilab, uning arzon bahoda sotiliş mexanizmi fermerlar va don korxonalariga iqtisodiy manfaatdorlik keltirmayapti. Ularni ğalla hosildorligini oşirişga rağbatlantirmaydi.

Rayosatning rasmiy murojaatnomasi Oliy Majlis tomonidan jiddiy qabul qilindi. Haqiqatdan ham, 2018 yilga qadar ğallaçilikka davlatning aralaşuvi 100 foiz bölib keldi. Lekin sezyapmizki, endi bozor iqtisodiyotiga ötmasak bölmaydi.