Bugun, 22 oktabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yiğilişi ötkazildi. Unda viloyat hokimi Töra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputatlari, hokimlik apparati mas'ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda taşkiliy masala körildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, şu kungaça Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qiliş markazi Quriliş böyiça xarid va loyihaoldi hujjatlarini ekspertiza qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Ahmad Xudayşukuroviç Suvonqulov viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.
U bu lavozimda biroz avvalroq Şerobod tumani hokimi lavozimiga ötkazilgan Alişer Amirov örnini egalladi.
Ahmad Suvonqulov 1968 yilning 7 noyabrida Jarqörğon tumanida tuğilgan. 1994 yilda Toşkent davlat texnika universiteti, 2009 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan.
U turli yillarda Surxondaryo viloyati hokimligida kotibiyat mudiri, viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori, Şörçi tumani hokimining birinçi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiya boşqarmasi boşliği örinbosari va boşqa mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

















