Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari uyidan 1,5 mln dollar chiqqani haqidagi xabar tasdiqlanmadi
Oktabr oyi boshida Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari fuqarodan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e'tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Zohidovning uyidan 1,5 million dollar miqdoridagi naqd pul topilgani haqida tarqalgan xabar o‘z isbotini topmadi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov Kun.uz’ga pora bilan qo‘lga olingan amaldor ishi bo‘yicha bergan qo‘shimcha ma'lumotida uning uyidagi tintuv vaqtida bunday yirik miqdordagi mablag‘ topilgani haqidagi xabarni rad etdi.
«Bosh prokuratura tomonidan Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Zohidovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ish hujjatlariga ko‘ra, E.Zohidov 2019 yil 10 oktabr kuni soat 21:00larda o‘z xizmat xonasida fuqaro R.Mamatqulovdan pora tariqasida 5 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Shu bilan birga, E.Zohidovni xizmat xonasi ko‘zdan kechirish jarayonida uning ish stoli tortmasidan 5 ming AQSh dollari hamda o‘zining nomiga Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta «bron» qilinganini tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.
2019 yil 11 oktabr kuni mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan E.Zohidovga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. 12 oktabr kuni E.Zohidov JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlangan.
E.Zohidovning uyida 1,5 mln. AQSh dollari va Maldiv orollariga aviachipta aniqlanmagan», deyiladi ma'lumotda.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Erkin Zohidov (1971 y. t.) — 1994 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Labzak Stroy Plus kompaniyasi direktori moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi (2010−2016), Makon Kapital Invest (2016−2019) moliyaviy maslahatchisi vazifalari ishlagan. 2019 yildan Yunusobod tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
09:20 / 20.06.2026
Tezkor tadbirlarda ikki bank xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026