Töxti Yevroparlament siyosiy guruhlari yetakçilarining ovoz berişi bilan tanlangan. Yevroparlament prezidenti David Sassoli sovrindorni e'lon qila turib, “Töxti hayotini Xitoydagi uyğur ozçiligi huquqlarini himoyalaşga bağişladi. U yaraşuv va mö'tadillik ovozi bölganiga qaramay, 2014 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan”, deb aytgan.

“Bu mukofotni berar ekanmiz, Xitoy hukumatidan Töxtini ozod qilişni va Xitoydagi ozçiliklar huquqlarini hurmat qilişni qat'iyan talab qilamiz”, deb aytgan Yevroparlament rahbari.

Pekin universiteti professori bölgan Töxti 2014 yilda ayirmaçilik ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U qamoqqa tuşişdan avval UighurOnline deb nomlangan sayt oçib, dolzarb mavzularda uyğurça va xitoyça xabarlar berib borgan.

Töxti avvalroq Yevropa Kengaşining inson huquqlari böyiça Vatslav Havel mukofotiga ham loyiq körilgan edi.

Joriy yilda Saxarov mukofotini olişga finalçilar orasida braziliyalik huquq himoyaçilari va keniyalik talabalar ham bölgan. Ular 18 dekabrda Strasburgda ötadigan mukofotlaş marosimiga taklif qilinadilar. Mukofot miqdori 50 ming yevroni taşkil qiladi. 

Akademik Andrey Saxarov nomidagi mukofot 1988 yildan boşlab inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoyalaşda ajralgan odamlar va taşkilotlarga beriladi. 2018 yilda uşbu mukofotni ukrainalik rejissyor Oleg Sensov olgandi.