Yevroparlament Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uçun» mukofoti eronlik Mahsa Aminiyga berilganini e’lon qildi. Ayol 2022 yil sentabrida römolni «notöğri öragani» uçun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan köp ötmay vafot etgan edi. Mukofot uning ölimidan söng «Ayol, hayot, erkinlik» şiori ostida boşlangan ommaviy namoyişlarda qatnaşgan eronliklarga ham topşirildi. 

«Yevropa parlamenti Eronda tenglik, qadr-qimmat va erkinlik uçun kuraşni davom ettirayotgan jasur va mard odamlarni qöllab-quvvatlaşdan faxrlanadi. Biz hatto qamoqda bölsa ham «Ayol, hayot, erkinlik» [harakatini] qöllab-quvvatlaşda davom etayotganlarni qöllab-quvvatlaymiz. Ularni Saxarov mukofoti laureati sifatida tanlab, ularning kuraşini eslaymiz va ozodlik uçun eng yuqori narxni tölagan barçani hurmat qilişda davom etamiz», dedi parlament rahbari Roberta Metsola. 

«Andrey Saxarov» mukofoti Yevropa Ittifoqining inson huquqlari sohasidagi asosiy mukofotidir. U 1988 yildan beri topşiriladi, mukofot jamğarmasi 50 ming yevroni taşkil qiladi. 

2020 yilda «Andrey Saxarov» mukofoti Belarus muxolifatiga topşirildi. 2021 yilda uning laureati siyosatçi Aleksey Navalniy böldi. 2022 yilda mukofot Ukraina xalqiga topşirildi. 

Mukofot sovet nazariyotçi fizik olimi, SSSR Fanlar akademiyasi akademigi, jamoat arbobi, dissident va huquq faoli Andrey Dmitriyeviç Saxarov (1921—1989) nomi bilan ataladi. U birinçi sovet vodorod bombasining yaratuvçilaridan biri. 1975 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati. Sovet qöşinlarining Afğonistonga kirişini qoralagan bayonotlardan söng, u barça sovet mukofotlaridan mahrum qilindi va 1980 yil yanvar oyida mamlakatdan çiqarib yuborildi. 1986 yilda KPSS Markaziy Komiteti boş kotibi M.S.Gorbaçyov unga surgundan Moskvaga qaytişga ruxsat berdi.