Yevropa parlamenti prezidenti Roberta Metsola yalpi majlisda Saxarov mukofotining laureatlari nomini e’lon qildi. Yevroparlament prezidentlari konferensiyasi qaroriga köra, venesuelalik Mariya Korina Maçado va Edmundo Gonsales Urrutiya mazkur mukofotga munosib körildi.
«Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uçun» mukofoti mamlakatdagi va çet eldagi barça venesuelaliklar manfaatlarini himoya qiladigan, ozodlik va adolatsizlik qarşisida demokratiyani qayta tiklaş uçun kuraşayotgan Venesuela demokratik kuçlari yetakçisi Mariya Korina Maçado hamda yangi saylangan prezidenti Edmund Gonsales Urrutiyaga berildi», — deydi Metsola.
Metsolaning ta’kidlaşiça, Yevroparlament «Venesuela xalqi va uning demokratik kelajak uçun kuraşida yonma-yon turadi».
Ğoliblar Venesuela hukumati tomonidan uyuştirilgan repressiyalar qurboni hisoblanadi. Ötgan yilning iyul oyida ötkazilgan prezidentlik saylovlaridan keyin, muxolifat ma’lumotlariga köra, Gonsales Urrutiya ğolib çiqqan, Mariya Maçado esa yaşiringan, Urrutiya Ispaniyaga qoçib, siyosiy boşpana olişga majbur bölgan.
Mukofotni topşiriş marosimi 18 dekabr kuni Strasburgda bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili Yevropa Ittifoqining inson huquqlari sohasidagi asosiy mukofoti 2022 yilda vafot etgan Mahsa Aminiy va uning ölimidan keyin boşlangan ommaviy norozilik namoyişlari iştirokçilariga berilgandi.
Mukofot sovet nazariyotçi fizik olimi, SSSR Fanlar akademiyasi akademigi, jamoat arbobi, dissident va huquq faoli Andrey Dmitriyeviç Saxarov (1921—1989) nomi bilan ataladi. U birinçi sovet vodorod bombasining yaratuvçilaridan biri. 1975 yilgi tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureati. Sovet qöşinlarining Afğonistonga kirişini qoralagan bayonotlardan söng u barça sovet mukofotlaridan mahrum qilindi va 1980 yil yanvar oyida mamlakatdan çiqarib yuborildi. 1986 yilda KPSS Markaziy Komiteti boş kotibi M.S.Gorbaçyov unga surgundan Moskvaga qaytişga ruxsat berdi.













