Kun.uz tahririyati davlat idoralari va turli taşkilotlar mutasaddi rahbarlari bilan intervyularni davom ettiradi. Quriliş materiallari işlab çiqariş sohasida korrupsiya bormi? Özbek marmari qaçon dunyoga dong taratadi? Tsement importi uçun imtiyozlar bekor qilinişi sababi nimada? Sohada innovatsion jarayonlar va yoş mutaxassislar malakasi talabga javob berişi uçun nimalar qiliş kerak? «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi boşqaruv raisi Botir Zaripov bilan bölib ötgan navbatdagi suhbat şu va boşqa savollar atrofida böldi.

— Avvalambor, uyuşma faoliyati haqida gaplaşsak. Bugungi kunda «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi nimalar bilan band?

— Köpçilikka ma'lum, sönggi 3 yilda respublikamizda keng kölamli quriliş-bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. «Obod qişloq», «Obod mahalla» yoki aholi uçun şinam uy-joylar qurilişi, şaharlarimizning obodonçiligini sönggi ön yillar bilan taqqoslab bölmaydi. Aynan quriliş materiallari işlab çiqaruvçilar faoliyatini muvofiqlaştiriş, ularga amaliy yordam beriş, duç keladigan muammolarni bartaraf etiş, sohaga sarmoyalar, ayniqsa, töğridan-töğri investitsiyalarni jalb qiliş, korxonalarni modernizatsiya qiliş, eksportni köpaytiriş va importni qisqartiriş kabi masalalar bizning asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.

— Sir emas, Özbekistonda kapital quriliş sohasi juda ham rivojlanib bormoqda. Bu öz-özidan quriliş materiallariga bölgan talabni ham oşiradi. Şu nuqtayi nazardan sohani rivojlantiriş uçun qanday işlar amalga oşirilmoqda?

— Albatta, sohaning rivojlanişi uçun eng katta omil huquqiy-me'yoriy hujjatlarning qabul qilinişi. Uşbu qarorlar soha rivojiga katta turtki böldi. Ikkinçi omil mamlakatimizdagi qazilma boyliklar. Respublika hududidagi mingdan ortiq qazilma boyliklarni sanoat usulida qayta işlab, katta natijalarga erişyapmiz. Uçinçisi, albatta, mehnatkaş xalqimiz va tadbirkorlarning taşabbuslari.

— Quriliş sohasi rivojlanayotgani bois, ayrim mahsulotlarga talab yuqori böladi. Misol uçun, sement. Statistikaga köra, bu yil özimizda bunday zavodlar köp bölişiga qaramay, xorijdan köp miqdorda sement import qilingan. Importning örnini bosiş sönggi 15 yilda kun tartibidan tuşmagani inobatga olinsa, bu masala qanday hal etilmoqda?