Ötgan hafta boğçadagi obektni sud-pudsiz içidagi odami bilan buzib, yöq qilişni buyurgan Buxoro hokimi Botir Zaripov hali-hanuz keng muhokamada. Hokimlik rasmiy raddiya berib, odamlarni notöğri tuşunganlikda aybladi. Kun.uz suhbatlaşgan jamiyatşunos fikriça, amaldor Zaripov heç bölmasa xalqdan uzr söraşi kerak edi. Hokimning iste’fosini kutgandim, deydi Mahmud Yöldoşev.

22 may kuni Buxoro viloyatidagi boğçalardan birida bölgan hokim Botir Zaripov öz jamoasiga bu hududda qoğozsiz qurilgan obektni sud-pudni kutmay buzib, içidagi odami bilan kömib taşlaşni buyurdi. Uning yonida turgan IIB hamda prokuror, hokimiyat vakillari Zaripov buyruğini darhol tasdiqlagan. Bu video esa ötgan hafta keng tarqalib, muhokamalarga sabab böldi.

Faollar hokimni tiriklayin odam öldirişni tarğib qilayotganlikda, yana ba’zilar esa hokim rahbarlarga noloyiq sözlarni işlatganini yozdi. Kun.uz suhbatlaşgan faollar fikriça, hokim heç bölmasa xalqdan uzr söraşi kerak edi.

“Yeçim şuki, hokim tepadan turib, işdan olinişi kerak edi. Bu juda qöpol variant. Yoki bölmasa, u xalqdan uzr söraşi kerak edi. Bilasizmi, davlat işi, jamiyatni boşqariş qiyin iş ekan deya iste’fo berganida balki u hurmatga ham sazovor bölardi. Yumşoq qilib aytganda, bu gaplari bilan hokim ma’muriy jinoyatga qöl urgan” - Mahmud Yöldoşev, jamiyatşunos

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovga köra, Buxoro hokimining tarmoqda bunday gaplari oldidan yulduz bölişi umumiy kasallikning bir körinişi. Özbekistondagi hokimlar bilan bunday voqealar tez-tez uçraydi va eng yomoni biror rahbar gapirgan gapi uçun jiddiy jazoga tortilmagan. Qonun ustuvor bölişi kerak, oldingilari jazolanmagani uçun endi bu gal ham gapirib bölmaydi, deydi Taşanov.

“Kelinimning oyoği egriligini bilardim, lekin qölga tuşgani yomon böldi-da, degan qöpol hazil bor. Botir Zaripovning voqeasi ham xuddi şunday, ya’ni bu holat umumiy kasallikning bir xuruji. U endi qanday qilib xalq oldiga çiqadi, qanday qilib Buxorodagi quriliş va obodonlaştiriş işlari haqida gapiradi. U ma’nan sindi” – Abdurahmon Taşanov, inson huquqlari faoli

Suhbatdoşlarga köra, Özbekistonda hokim lavozimi strategik mavqega ega, Buxoro ham strategik hududlardan biri. Amaldor esa odob-axloq qoidalari, özini tutiş me’yorlariga puxta qaraşi lozim. Bundan taşqari, xalq vakillari uyi hisoblangan – parlamentning bu voqeaga jim tomoşabin bölişi – ğalati. Hammasiga tizim aybdor, deydi ular.

“Balki uning hayotida travmalari bordir, oldin işlagan joyi – bankda şunaqa muomala qilişgandir. Buxoroliklar özaro qöpolroq gaplaşadi, degan sabab ham özini oqlamaydi. Çunki nazokat bilan gapiradigan vodiylik hokimlarni ham kördik” – Abdurahmon Taşanov, inson huquqlari faoli

Suhbat yakunida ikki spiker ham hokimning çiqib xalqdan uzr söraşidan umidvorligini aytdi.

Suhbatni Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida töliq tomoşa qiling.

Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.