Tadbir avvalida prezident Şavkat Mirziyoyevning soha xodimlariga yöllagan bayram tabrigi öqib eşittirildi. Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti boşliği — prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov yetkazdi.

Prezident öz tabrigida mamlakatimizda quriliş sohasi sönggi yillarda iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlaridan biriga aylanganini ta’kidladi. Ma’lum qilinişiça, 2024 yilda 100 mingdan ziyod xonadonga ega bölgan 2 044 ta köp qavatli uy barpo etildi. Şuningdek, aholi jon boşiga töğri keladigan uy-joy maydoni 2020 yildagi 16 kv. metrdan 19 kv. metrga yetdi.

Agar 2016 yilda quriliş işlari hajmi 30 trln sömni taşkil etgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 234 trln sömga yetdi. Sönggi sakkiz yilda yurtimizda 45 mln kv. metr bino va inşootlar barpo etildi. Bu yil 135 mingta xonadon foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.

Hozirda 56 ta hududda “Yangi Özbekiston” massivlari qurilişi jadal davom etmoqda. 2030 yilgaça ularning sonini 100 taga, xonadonlar sonini esa 250 mingtaga yetkaziş rejalaştirilgan.

Şuningdek, “Yangi Toşkent” loyihasi doirasida 20 ming gektar maydonda 2 million aholi uçun zamonaviy infratuzilma barpo etilmoqda. Milliy kutubxona, universitetlar, muzeylar, maktablar va tadqiqot markazlari qurilişi boşlangani ma’lum qilindi.

Tadbir söngida soha xodimlari uçun taniqli san’atkorlar iştirokida konsert dasturi namoyiş etildi.

Ma’lumot uçun, Quriliş sohasi xodimlari kuni prezident Şavkat Mirziyoyev farmoniga köra, 2017 yildan buyon avgust oyining ikkinçi yakşanbasida nişonlab kelinadi.